KINOTEXNIKA

KINOTEXNIKA

KINOTEXNIKA — kinofilmlarni suratga olish, nusxalarini koʻchirish (koʻpaytirish) va namoyish qilish bilan shugʻullanadigan texnika sohasi. Astasekin, bosqichma-bosqich paydo boʻlgan, shakllangan va taraqqiy etib borgan. Kinotexnikaning paydo boʻlishi, shakllanishi va taraqqiy etish jarayonlari yorugʻlik texnikasi, mexaniqa, optika, fotogʻrafiya, elektronika, kompyuter texnologiyasi va b. soha yutuqlaridan ke-ng foydalanishni taqozo etgan. Kinotexnikaning asosiy texnikaviy vositalari: kinoga olish apparati, nusxa koʻchirish apparati, kino qoʻyish apparati, kompyuter.

Ensiklopediya.uz
KINOTEXNIKA