KINOTELEVIZION TEXNIKA
KINOTELEVIZION TEXNIKA — tasvirlarni suratga olish, montaj qilish va oʻzatish uchun kino va televideniye vositalaridan foydalaniladigan usullar majmui. Kino va televideniye vositalari deganda kinotexnika, televideniye va videoyozuv vositalarining uygʻunlashuvi tushuniladi. Ushbu yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi: televizion filmlarni toʻgʻridan-toʻgʻri kinoga olish; televizion tasvirlarni kineskop ekranidan yoki bevosita elektron nurli kamera yordamida yozib olish; videonazorat qurilmasi (monitor) va nazorat videoyozuvidan foydalangan holda kinoga olish; kinofilmlarni montaj qilish va koʻpaytirishda televideonazoratdan foydalanish; telekinoproyeksiyalash (kinolentaga tushirilgan filmlarni televideniye orqali oʻzatish).
Ensiklopediya.uz
KINOTELEVIZION TEXNIKA