KINO SANʼATI
KINO SANʼATI — kinematografiya ning texnik vositalar asosida shakllangan badiiy ijod turi; ekran sanʼatining muhim tarkibiy qismi; real borliqni aynan yoki badiiy-hujjatli obrazlar, multiplikatsiya vositalari yordamida suratga olish; kinofilmlarning omma orasida keng tarqalishi uchun xizmat qiladigan televideniye, videokasseta va videodisklarni xam oʻz ichiga oladi. Kino sanʼati kinematograf bilan bir vaqtda paydo boʻldi. Kinematograf esa fan va texnika taraqqiyoti bilan bogʻliq holda yuzaga keldi va asta-sekin zamonaviy iqtisod, sanʼat va madaniyatning eng zarur sohasiga aylandi.
Ensiklopediya.uz
KINO SANʼATI