Kino ko‘rganda kulish va yig‘lash nimani bildiradi? to’liq malumot oling
Mutaxassislarning fikricha, kino koʻrganda taʼsirlanib yigʻlaydiganlar hissiyotlarini jilovlab turadiganlardan kuchliroq boʻlar ekan.
Bu haqda gap ketganda birinchi boʻlib onangiz xayolga kelsa, ajab emas. Mushfiq ona film tomosha qilayotib, “yum-yum” yosh toʻkadi yoki falokat tomon ketayotgan qahramonni yoʻldan qaytarishga urinib, gapirib yuboradi. Shu sababli ham ular hayot zarbalariga boshqalarga qaraganda chidamliroq boʻladi. Hayron qolarli holat: nahotki kino tufayli yigʻlaydigan kishi ruhan kuchli boʻlsa?
Tadqiqotlarga koʻra, dramatik sahnalarni koʻrayotganda kamida 92 foiz odamning koʻziga yosh kelar ekan. Boshqa bir tadqiqot esa bu holatning yangi qirrasini ochdi. Tomoshabin oʻzini turli mashaqqatlarga yuzma-yuz kelgan qahramon oʻrnida tasavvur etadi va atrofdagilarga hamdardlik tuyadi. Qaygʻudoshlik hissi esa bizni yanada yaxshi va kuchli kishiga aylantiradi.
Kino qahramonlari kechinmalarini oʻzimizga olar ekanmiz, hayotni yorqinroq, aniqroq anglaymiz, boshqalarni tushunishimiz osonlashadi. Bu miya faoliyati bilan bogʻliq: hayajonli sahnalarni koʻrish jarayonida vujudimiz oksitotsin gormonini ishlab chiqaradi. Bu gormon odamlarga bogʻliqlik va ularga yaxshilik tilash hissini uygʻotadi, mehribonlik fazilatini kuchaytiradi.
Kino koʻrayotib, miriqib kulish yoki yigʻlashdan umuman tortinmaslik kerak. Axir bu organizm uchun faqat foyda beradi. Tuygʻularimizni oshkor etish barobarida biz ularni boshqarishni ham oʻrganamiz. Bu esa kishining kuchliligini koʻrsatadigan jihatdir.
Maqola oriftolib.uz saytidan olindi. Original maqola → Koʻzyosh kuchlilik belgisimi?
Surat muallifi: Alexas_Fotos / pixabay.com
Boshqa mavzular
Kino ko‘rganda kulish va yig‘lash nimani bildiradi?