KINDIKTEPA

KINDIKTEPA

KINDIKTEPAoʻrta asr qishloq xarobasi (mil. 6—12-a. lar). Qashqadaryo viloyatidagi Yakkabog tumanida joylashgan. Dastlab G. Ya. Dresvyanskaya, soʻngra S. B. Lunina (1980-y. dan) qazishma ishlari olib borgan. Kindiktepaning jan. qismida mayd. 35×20 m keladigan baland tepalik bor. K. aholisi qad. Bolxonariqdan suv ichgan. Kindiktepaning mudofaa devori boʻlmagan. Qazishma ishlari markaziy tepalik 6—8a. larda mahalliy zodagonning uy-qasri boʻlganligi va uning atrofida qishloq vujudga kelganligini koʻrsatdi. 9-a. da uy-qasr tashlandiq holga kelgan va markaziy tepalikda hayot qayta jonlanmagan. 10—12-a. larda Kindiktepa yirik qishloqqa aylangan, u mana shu davrdagi bir qancha qishloqlarni (Poxoltepa, Katta Javogʻatepa, Kichik Javogʻa, Boʻstontepa va b.) oʻz taʼsir doirasiga kiritgan kichik rustoqning markazi boʻlganligi taxmin qilinadi. Kindiktepadan tarvuz urugʻi topilganligi aholining polizchilik bilan ham shugʻullanganligini koʻrsatadi. Turar joy binolari qoldiklgari, koʻplab sopol idish parchalari va b. chiqqan.

Ensiklopediya.uz
KINDIKTEPA