Kindik churrasini davolash va uning sabablari
Kindik churrasi nima?
Kindik halqasi orqali o‘tadigan churralarga kindik churralari deyiladi. Ushbu kindik churrasi hamma churralarning 6—8 foizini tashkil qiladi. Quyidagilar farq qilinadi:
- kindik kanalchasining tug‘ma churralari;
- go‘dak bolalardagi orttirilgan kindik churralari;
- kattalarning kindik churralari.
Katta odamlardagi kindik churralari paydo bo’lish sabablari
Ko‘pincha to‘g‘ri muskullar diastazi bilan birga keladi va ko‘p tuqqan yoki juda semirib ketgan ayollarda uchraydi.
Kindik churralari hosil bo‘lishiga, shuningdek assit va kindik oqmalari, bronxitda kup yutalish sabab bo‘ladi. Churra teshigining o‘lchamlari xar xil — juda tor teshikdan serbar teshikkacha. Katta teshiklar ko‘ndalang yo‘nalishga ega. Churra xaltachasi noto‘g‘ri shaklda va to‘siqlar hamda divertikullar hosil qiladi. Kindik churralari arang bilinadigan bo‘rtmachalardan tortib, katta xajmli o‘smalargacha bo‘lishi mumkin.
Kindik churralari ko‘pincha: to‘g‘rilanmaslik, koprostaz va qisilib qolish bilan asoratlanadi.
Churralar og‘ir yuk ko‘targanda, shuningdek churra o‘zicha chiqganda og‘riq, beradi. Aksariyat kindik churralari terining bichilishi yoki kiyim-kechak yupqa tortgan badan terisini bosib turishi natijasida yalliglanishga uchraydi. Shunday qayta yallig‘lanishlar natijasida churra xaltachasi ichida bitishmalar hosil bo‘ladi va churra joyiga tushmaydigan, ya’ni to‘g‘rilanmaydigan bo‘lib qoladi.
Kindik churrasini davolash
Kindik churralari operatsiya qilib davolanadi. Kasallik kindik churra xaltachasi bilan birga kesib tashlanadi. Churra ichidagi organlar churra xaltachasi bilan bitishmalari ajratilgandan keyin qorin bo‘shlig‘iga kiritiladi. Churra-xaltachasining ichida shishib qalinlashgan charvisi bo‘lgan to‘g‘rilanmaydigan kindik churralarida charvini rezeksiya qilish kerak. Churra xaltachasi darvozalari oldida uzluksiz chok bilan tikiladi.
Bolalardagi kichik churralarda churra darvozalari plastikasi Lekser bo‘yicha o‘tkaziladi: teshik atrofiga aponevrozga ipak ip bilan kiset choki solinadi, u tortilgandan keyin xalkani bekitadi. Keyinchalik aponevrozga ko‘ndalang yo‘nalishda tugunli ipak choklar solinadi. Meyo usuli churra darvozalarini yaxshi bekitish uchun katta kindik churralarida qo‘llaniladi. Kindik halqasini ikkala tomonda 1 sm dan kesiladi. Aponevrozning pastki chekkasini bir necha P- simon choklar yordamida yuqori chekkasi ostiga tortiladi va o‘sha yerda duplikatura holida mahkamlanadi; aponevroz laxtagining yuqori chekkasini tugunli choklar qatori bilan aponevrozning pastki uchastkasi sathiga tikiladi.
O’qish tafsiya qilinadi – Oshqozon yarasini davolash
Sapejko usuli — Meyo usulidan qorin devori aponevrozini churra teshigi ustidan vertikal yo‘nalishda ikki marta oshirish bilan farq qiladi. Sapejko usulida fakat tugunchali choklar solinadi.
Proktologiya
Kindik churrasini davolash va uning sabablari