KIMYOVIY REAKSIYALAR

KIMYOVIY REAKSIYALAR

KIMYOVIY REAKSIYALAR — bir turdagi kimyoviy moddalarningtarkibi va xossalari jihatidan farq qiladigan ikkinchi turdagi moddalarga aylanish jarayoni. Kimyoviy reaksiyalarni kimyoviy tenglama bilan ifodalash mumkin, mas, sulfat kislotaga ruh taʼsir ettirilganda ruh sulfat va vodorod gazi hosil boʻladi: H2SO4+Zn=ZnSO4+H2T. K. r. da atomlar oʻzgarmaydi, bir birikmadan ikkinchisiga oʻtadi, xolos. Kimyoviy jarayonlarda toʻgʻri (qaytmas) reaksiya (mas, vodorod yodidning vodorod va yoddan hosil boʻlishi: N2+12->2N1) bilan bir qatorda, qaytar reaksiya (mas, vodorod yodidning parchalanishi: 2HIH2+I2) ham sodir boʻladi. Kimyoviy reaksiyalarda ishtirok etadigan elementlarning oksidlanish darajadari (valentliklari) oʻzgarsa, bunday reaksiyalar oksidlanish-kaytarilish reaksiyalari deyiladi. Kimyoviy reaksiyalarda molekulalar, atomlar va ionlar ishtirok etishi mumkin. Shunga koʻra, reaksiyalar uchga boʻlinadi: oddiy, ionli va radikal reaksiyalar.

Ensiklopediya.uz
KIMYOVIY REAKSIYALAR