Kimyoviy qurollar haqida

Kimyoviy qurollar haqida
kimyoviy qurollar haqida 65ca965352f96

images

Kimyoviy qurollar haqida

Mundarija скрыть
Kimyoviy qurollar haqida
DO`STLARGA ULASHING:
1914-yil avgustida, Kayzer Germaniyasi tomonidan boshlangan I-jahon urushi, ma’lum vaqt o‘tgach, ittifoqchi davlatlar qo‘shinlari tomonidan Germaniyaning o‘zini mag‘lubiyatga uchratila boshlanishi bilan, mazkur mamlakat uchun tahdidli yo‘nalishga kirdi. Germaniyaning urush harakatlari borgan sari muvaffaqiyatsizliklarga uchray boshladi, armiya jiddiy talofotlar ko‘rdi. Mazkur vaziyatda, nemis harbiy qo‘mondonligi, Berlindagi Fizik Kimyo va Elektrokimyo Institutiga dushmanga ommaviy zarba bera oladigan kimyoviy qurol to‘g‘risida murojaat qildi. Mazkur institutning rahbari — Frints Gaber (1868 — 1934) shaxsan mazkur yo‘nalishda ish olib bordi va olmon armiyasiga dastlabki kimyoviy qurol — Xlorning maxsus gazini yetkazib berdi. Ta’kidlash joizki, bunday gazni Gaberdan ancha muddat avval, hamda, butunlay boshqa maqsadlarda bir guruh talabalar sintez qilib olishgan edi. Ular orasida taniqli olim Nikolay Zelinskiy (1861-1953) ham bo‘lib, keyinchalik bu olim, o‘zi ishtirok etgan kashfiyot, odam o‘ldirish uchun qo‘llanilayotganligini bilgach, undan himoyalovchi maxsus vositani o‘ylab topishni va ishlab chiqarishga yo‘lga qo‘yishni o‘z insoniy burchi deb bildi. Aynan Zelinskiy vijdon oldidagi burch yuzasidan, dastlabki gazdan himoya niqoblarini’ (protivogaz) loyihaladi. Demak, Gaberga qaytsak, u tomonidan nemis armiyasiga yetkazib berilgan, zaharli gaz to‘ldirilgan kimyoviy zaryadlar bilan o‘t ochuvchi maxsus minomyot tarixda birinchi marotaba 1915 yilda Belgiyaning Flandriya o‘lkasidagi Ipr qishlog‘i yaqinidagi jangda qo‘llanildi. Shu tufayli mazkur kimyoviy qurol, «Iprit gazi» nomini oldi. Iprit havoga purkalgan vaqtda, ittifoqchi qo‘shinlarning ko‘p sonli askarlari zaharlanib jang qobiliyatini yo‘qotdilar. Asosan ko‘z shilliq pardasini kuchli o‘yuvchi xususiyati bilan mazkur qirg‘in quroli askarlarning nafas yo‘llariga ham bo‘g‘uvchi ta’sir ko‘rsatgan. Jang maydonidagi dahshatni yanada orttirib, katta miqdordagi askar yo‘qotishlarga sabab bo‘lgan. Ipritdan himoyalovchi maxsus niqoblar frontga yetkazilgunga qadar, bu usulda nemis armiyasi bir necha janglarda ittifoqchi qo‘shinlarga zarba bera oldi. Protivogazlar ham o‘sha vaqtlarda mukammal emasdi va ko‘p sonli harakatdagi armiyaga yetarli miqdorda ishlab chiqarilish yo‘lga qo‘yilmagan edi…

DO`STLARGA ULASHING:

Sevimli adibimiz G‘ofur G‘ulomning «Shum bola» asari asosida suratga olingan shu nomli filmni barchamiz ko‘rganmiz. Undagi qahramonlar tilidan aytilgan ko‘plab dialoglar jamiyatda qanotli iboralar tarzida keng tarqalgan. Masalan, «Birinchi zarbda tizzalarigacha…» deydigan Hojibobo, yoki, «Innankeyinchi?» deb xit qilib yuboradigan Boy ota. Bularni eslab, odamni yuziga tabassum yuguradi. Lekin men, o‘sha kinofilmdagi boshqa bir epizodga e’tiboringizni qaratmoqchiman.

 

Choyxonada bir guruh odamlar ichida, bir ziyoli kishi ovoz chiqarib gazeta o‘qiydi:
«G‘arbiy Ovro‘po muhoraba maydonidagi jangu jadal, Olmoniya uchun tahlikali tusga kirmoqda. Verdon yaqinidagi jangu jadal…»
Gap nima haqida ketayotganligini darhol angalagandirsiz?
1914-yil avgustida, Kayzer Germaniyasi tomonidan boshlangan I-jahon urushi, ma’lum vaqt o‘tgach, ittifoqchi davlatlar qo‘shinlari tomonidan Germaniyaning o‘zini mag‘lubiyatga uchratila boshlanishi bilan, mazkur mamlakat uchun tahdidli yo‘nalishga kirdi. Germaniyaning urush harakatlari borgan sari muvaffaqiyatsizliklarga uchray boshladi, armiya jiddiy talofotlar ko‘rdi. Mazkur vaziyatda, nemis harbiy qo‘mondonligi, Berlindagi Fizik Kimyo va Elektrokimyo Institutiga dushmanga ommaviy zarba bera oladigan kimyoviy qurol to‘g‘risida murojaat qildi. Mazkur institutning rahbari — Frints Gaber (1868 — 1934) shaxsan mazkur yo‘nalishda ish olib bordi va olmon armiyasiga dastlabki kimyoviy qurol — Xlorning maxsus gazini yetkazib berdi. Ta’kidlash joizki, bunday gazni Gaberdan ancha muddat avval, hamda, butunlay boshqa maqsadlarda bir guruh talabalar sintez qilib olishgan edi. Ular orasida taniqli olim Nikolay Zelinskiy (1861-1953) ham bo‘lib, keyinchalik bu olim, o‘zi ishtirok etgan kashfiyot, odam o‘ldirish uchun qo‘llanilayotganligini bilgach, undan himoyalovchi maxsus vositani o‘ylab topishni va ishlab chiqarishga yo‘lga qo‘yishni o‘z insoniy burchi deb bildi. Aynan Zelinskiy vijdon oldidagi burch yuzasidan, dastlabki gazdan himoya niqoblarini’ (protivogaz) loyihaladi. Demak, Gaberga qaytsak, u tomonidan nemis armiyasiga yetkazib berilgan, zaharli gaz to‘ldirilgan kimyoviy zaryadlar bilan o‘t ochuvchi maxsus minomyot tarixda birinchi marotaba 1915 yilda Belgiyaning Flandriya o‘lkasidagi Ipr qishlog‘i yaqinidagi jangda qo‘llanildi. Shu tufayli mazkur kimyoviy qurol, «Iprit gazi» nomini oldi. Iprit havoga purkalgan vaqtda, ittifoqchi qo‘shinlarning ko‘p sonli askarlari zaharlanib jang qobiliyatini yo‘qotdilar. Asosan ko‘z shilliq pardasini kuchli o‘yuvchi xususiyati bilan mazkur qirg‘in quroli askarlarning nafas yo‘llariga ham bo‘g‘uvchi ta’sir ko‘rsatgan. Jang maydonidagi dahshatni yanada orttirib, katta miqdordagi askar yo‘qotishlarga sabab bo‘lgan. Ipritdan himoyalovchi maxsus niqoblar frontga yetkazilgunga qadar, bu usulda nemis armiyasi bir necha janglarda ittifoqchi qo‘shinlarga zarba bera oldi. Protivogazlar ham o‘sha vaqtlarda mukammal emasdi va ko‘p sonli harakatdagi armiyaga yetarli miqdorda ishlab chiqarilish yo‘lga qo‘yilmagan edi…
Ipritning jang maydonidagi falokatli ta’sirini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan amerikalik rassom Jon Singer (1856 — 1925), ko‘z oldidagi dahshatli manzaradan qattiq ta’sirlanib, bu hodisaga baG‘ishlab maxsus «Gazdan zaharlanganlar» asarini yaratdi:
Tasvirda ko‘rinib turgandek, kimyoviy qurol qo‘llanilgan jangda askarlarning murdalar har tomonda sochilib yotibdi. Tirik qolgan askarlar esa hammasi ko‘zdan qolgan. Yo‘lda quroldosh do‘stlarining murdalarini bosib olmaslik uchun ular bir birlariga yelkama yelka bo‘lib, bir qatorlik safda harakatlanmoqdalar.
Kimyoviy qurol
…Kimyoviy qurollarning boshqa harbiy aslahalar — o‘qchi artilleriya, aviatsiya va ho kazolardan katta farqi shundaki, kimyoviy qurollar — ommaviy qirg‘in uyushtirish xususiyatiga ega. Kimyoviy qurol bilan zaharlangan hududdagi har qanday odam — u harbiymi, oddiy aholimi, do‘stmi, dushmanmi farqi yo‘q, u yoki halok bo‘ladi yoki bir umrga mayib bo‘lib qoladi. Kimyoviy qurolni faqat qarama qarshi tarafga qarata qo‘llash imkonsiz. Undan himoyalanmagan barcha birdek zaharlanadi.
Odatda kimyoviy qurol maxsus gaz ko‘rinishida bo‘lib, bunday gaz jang maydonida tarqalganda ma’lum radiusdagi ta’sir doirasida odamlarning nafas olish tizimi, ko‘zi, teri qatlamlarini shikastlaydi, qon aylanish doirasida va miya faoliyatida keskin o‘zgarishlar keltirib chiqaradi.
Har qanday kimyoviy qurolning ta’sir mexanizmi, uni tashkil qiluvchi zaharli moddalarning toksik xususiyatlariga tayanadi. Kimyoviy qurollarni qo‘llash usullari ham turli tuman: shashkalar, aviatsiya bombalari, gazomyotlar, ballonli gaz purkagichlar, va ho kazo. Aytib o‘tilganidek, kimyoviy qurol ham, huddi yadro qurollari va baktereoligik qurollarsingari Ommaviy Qirg‘in Qurollari (OQQ) turkumiga kiradi.
Kimyoviy qurol turlari
Kimyoviy qurollar quyidagi xususiyatlariga ko‘ra farqlanadi:
  • zaharlovchi moddaning odam fiziologiyasiga ta’siri;
  • taktik maqsadi;
  • ta’sir qilish tezligi;
  • zaharllovchi ta’sirning davomiyligi;
Zahrlovchi moddalarning ta’sir turi ham keng:
— halok qiluvchi — dushman harbiy kuchlarida maksimal sondagi yo‘qotishlar keltirib chiqarishga yo‘naltiriladi. Bunda asosan markaziy nerv tizimnini ishdan chiqaruvchi Zarin, Zoman, Tabun va V-Gaz kabilar ishlatiladi.
— Teri qavatlari va ko‘zga kuchli toksik ta’sir qiluvchi kimyoviy qurollar esa, terida chuqur tsitologik o‘zgarishlar (yiringlar, yaralar, o‘smalar) keltirib chiqarish va ko‘rish qobiliyatidan mosuvo qilishga qaratiladi. Bunday kimyoviy qurollarga Iprit, Lyuzit gazlari misol bo‘la oladi.
-Umumiy zaharlovchi moddalarga asoslangan kimyovviy qurollarda esa, ularning organizmga ta’sir ko‘rsata boshlashi natijasida, qonda kislorod miqdori keskin kamayib ketadi. Bunday moddalarga sinil kislotasi va xlortsian kiradi.
— Bo‘guvchi kimyoviy qurollar birinchi navbatda yuqori nafas yo‘llari va o‘pkani zaharlaydi. Fosgen va difosgen shunday xususiyatga ega.
Shuningdek, yana psixokimyoviy qurollar ham mavjud bo‘lib, ular, odamni o‘limga olib kelmay, balki, vaqtinchalik psixik o‘zgarishlar, masalan behushlik, uyquchanlik, eshitish qobiliyatining yo‘qolishi, vasvasa, vaqtinchalik ko‘rish qobiliyatining yo‘qolishi kabi holatlarni keltirib chiqaradi. Bunday kimyoviy qurollardan ko‘pincha G‘arb mamlakatlari politsiyasi ichki tartibsizliklarni tinchitishda foydalanadi. Bunday moddalar turkumiga xinuklid-3-benzilat (BZ) va lizergin kislotasi dietilamidi kiradi.
Kimyoviy qurolni qo‘llash tarixi
Yuqorida sanab o‘tilganlardan tashqari, shuningdek boshqa turdagi kimyoviy qurollar ham mavjud bo‘lib, masalan, Qrim urushida (1854 yil) Sevastopol qamali vaqtida ingliz harbiylari maxsus qo‘lansa moddalar — odorantlardan foydalanishgan (sassiqqo‘zan effekti). Vetnam urushida esa AQSH armiyasi defoliant moddalarni qo‘llagan. Bunda Vetnam ozodlik armiyasi yashiringan qalin changalzorlardagi barglarni to‘kish maqsadi bo‘lgan bo‘lsa ehtimol.
I jahon urushida kimyoviy qurollar qo‘llash boshlanganida, ular jang nuqtai nazaridan kam samarali bo‘lib chiqdi. Kimyoviy qurolning ta’sir samarasi ko‘p jihatdan ob havoga — shamolmimg yo‘nalishi va kuchiga boG‘liq edi. Qo‘llovchi tarafning o‘zi ham o‘z kimyoviy qurolidan jiddiy talofotlar ko‘rardi va ana’naviy artilleriyadan kam foyda keltirardi. Keyingi urushlarda esa I-jahon urushidagidek katta miqiyosda kimyoviy qurollar qo‘llanilmagan bo‘lsa-da baribir alohida holatlarda ulardan foydalanish kuzatilgan. Masalan:
-1920 -1926 yillardagi Rif urushida Ispaniya va Fransiya tomonidan;
-1935-1936 yillardagi ikkinchi Italiya-Efiopiya urushida italyanlar tomonidan;
-1937-1945 yillarda ikkinchi Yapon-Xitoy urushida Yaponiya;
-1938 yil, Xasan ko‘lidagi SSSR va Yaponiya mojarosida Sobiq ittifoq tomonidan;
— 1941-1945 yillar II jahon urushida fashistlar tomonidan (Adjimushkay tosh yomG‘iri);
-Tonkin janjalida (Vetnam urushi) 1957-1975, har ikkala taraf;
-Yaman fuqarolar urushida, 1962-1970 yillar Misr armiyasi;
— 1980-1988 yillardagi Eron-Iroq urushida har ikkala taraf;
-2003 yil Iroq urushida qo‘zG‘olonchilar tomomidan kilmyoviy qurollar qo‘llanilgan.
Bundan tashqari 1995 yili Tokio metrosida «Aum Senrikyo» terrorchi guruhi Zarin gazi bilan qo‘poruvchilik harakatlarini amalga oshirgan. II jahon urushida, fashistlar, bosib olingan hudud aholisini va harbiy asirlarni konslagerlarda ommaviy qirG‘in qilish uchun Tsiklon-B nomli kimyoviy quroldan foydalanishgan.
Kimyoviy quroldan foydalanishni ta’qiqlash
Kimyoviy quroldan foydalanishni bekor qilishga, bir necha xalqaro kelishuvlarga orqali urinib ko‘rilgan.
Ulardan dastlabkisi 1889 yilgi Gaaga konvensiyasi bo‘lib, uning 23 moddasida «Qo‘llanishning yagona maqsadi faqat tirik dushmanni o‘ldirish bo‘lgan harbiy aslahalarni ta’qiqlash»ga xalqaro miqiyosda kelishilgan. Keyinchalik, I jahon urushidagi ayanchli asoratlarni inobatga olgan holatda, 1925 yilda Kimyoviy qurollardan foydalanishni ta’qiqlovchi Jeneva konvensiyasi qabul qilindi. 1993 yilga kelib esa, Kimyoviy qurolni yaratish, ishlab chiqarish, to‘plash va amalda qo‘llashni ta’qiqlash hamda, mavjud kimyoviy qurollarni yo‘q qilish maqsadida yana bir maxsus xalqaro konvensiya qabul qilindi.
Kimyoviy qurollar bugungu kunda:
Aslida ushbu maqolani tayyorlashga sababi I-jahon urushi tarixi emas, balki zamonamizdagi tinchlikka bo‘lgan tahdidlardir. Hozirda jahon bo‘yicha barcha hududlarda kimyoviy ommaviy qirG‘in qurollari maxsus xalqaro rezolyutsiyalar bilan ta’qiqlangan. Urush harakatlarida har qanday turdagi kimyoviy quroldan foydalanish 1993 yildagi xalqaro kelishuvga ko‘ra qat’iy to‘xtatilgan. Biroq, shunga qaramay, so‘nggi vaqtlarda ta’qiqlangan kimyoviy qurollarning jang harakatlarida qo‘llanilayotganligi haqidagi xabarlar ga’rb OAVlari boshchiligida, tobora ko‘p tarqatilmoqda. Xususan, 2011 yilda boshlangan «Arab bahori» inqilobiy to‘lqini ta’sirida, Suriya mamlakatida avj olgan ichki qurolli mojaro jahon afkor ommasining diqqat e’tiborida bo‘lib turibdi. Hukumat kuchlari va qurollngan jangarilar ortasida muttasil davom etayotgan harbiy to‘qnashuvlarda, taraflarning qaysi biri qo‘llagani noma’lum bo‘lsa-da, janglarda kimyoviy qurol — Zarin gazidan foydalanilgani, va bu gazni hukumat kuchlari qo‘llagani haqidagi haqidagi ma’lumotlar jahonning yetakchi OAVlari tomonidan tizimli ravishda bong urib gapirilmoqda. Hozirda xalqaro ekspertlar guruhu Suriyada maxsus tekshiruvlar olib borish uchun ishga kirishgan va tez orada haqiqatga oydinlik kiritilishiga umid bildirilmoqda.
P.S.
Aslidaku, inson joni aziz, uni eng oliy ne’mat — hayot ne’matidan mosuvo qilish eng oG‘ir jinoyat hisoblanadi. Bu borada nafaqat kimyoviy qurol, balki odam joniga qasd qiluvchi har qanday vosita hech qachon oqlanmaydi.
Suriyada davom etayotgan qurolli to‘qnashuvlarda kimyoviy qurol qo‘llanilganmi, yo‘qmi, vaqti kelib ayon bo‘lar. Biroq, Hukumat kuchlari va qurollngan jangarilar ortasida muttasil davom etayotgan harbiy to‘qnashuvlar, mamlakat iqtisodiyiti va ijtimoiy infratuzilmasini butunlay izdan chiqardi. Siyosiy boshboshdoqlik natijasida ko‘p sonli begunoh tinch aholi qurbon bo‘ldi va millionlab mahalliy aholi vakillari o‘z ona vatanlarini tashlab, qochqinlikda jon saqlashga majbur bo‘lmoqda.
Voqe’likka teran yondoshsak, mazkur yaqin sharq mamlakatidagi qurolli mojaro chetdan turib qo‘llab quvvatlanqyotganligi va bu joyda asosiy rolni radikal diniy ekstermistik kayfiyatdagi, din niqobi ostiga berkingan turli xil terorristik guruhlar o‘ynayotganligini fahmlash qiyin emas. Suriya va boshqa ayrim arab davlatlari misolida, diniy aqidaparastlik, ayrimachilik, radikal diniy islohotlar tarafdori bo‘lgan turli guruhlar, va eng yomoni — din niqobi ostiga berkinib olib, barcha razil va G‘arazli ishlarini din nomidan olib borayotgan buzg‘unchi terrroristik oqimlarga e’tiborsizlik, loqaydlik bilan qarash qanday achinarli va ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkinligin ko‘rib turibmiz. Vaqtida oldi olinmagan illat, bugungi kunda butun boshli mamlakatni xonavayron qilib, mislsiz demografik va iqtisodiy talafotlarga sabab bo‘ldi. Qurbonlar soni kundan kunga ortmoqda. Bir narsa aniq — Suriya mojarosini qurolli yo‘l bilan hal etib bo‘lmaydi. Uni tinch yo‘l bilan, o‘zaro muzokaralar orqali diplomatik usullarda hal eish kerak. Prezidentimiz aytganlaridek: fikrga qarshi fikr, G‘oyaga qarshi G‘oya, jaholatga qarshi esa faqat ma’rifat bilan kurashmoq darkor.
Bu kabi achinarli holatlarni ko‘rib turib esa, biz, mustaqil o‘zbekiston fuqarolari, mamlakatimizdgi tinchlik, mo‘l ko‘lchilik, oilaviy hotirjamlik ne’matlariga mingdan ming shukronalar aytsak arziydi. Qo‘limizdagi barqaror tinchlik ne’mati, avvalo o‘z oilamiz, mahallamiz, shahrimiz va Buyuk Vatanimizning eng katta boyligidir. Bu ne’matni asrab avaylab, keyingi avlodlarga ham ozod va obod Vatan qoldirish esa, har birimizning muqaddas fuqarolik burchimiz hisoblanadi. Vatanimiz tinchligi, uning iqtisodiy ravnaqi, buyuk kelajagi uchun qo‘limizdan kelgancha harakat qilsak, shu muqaddas yurt oldidagi farzandlik vazifamizni ado etgan bo‘lamiz.

 

Yurtimizga tinchligiga ko‘z tegmasin, Mustaqillgimiz abadiy bo‘lsin!

orbita.uz

Kimyoviy qurollar haqida