KIMYOVIY ELEMENTLAR

KIMYOVIY ELEMENTLAR

KIMYOVIY ELEMENTLAR — yadrolarining musbat zaryadi hamda atom qobigʻidagi elektronlar sonining bir xilligi bilan tavsiflanadigan atomlarning alohida bir turi. Massa soni (atom yadrosini tashkil etadigan protonlar va neytronlar massalarining yigʻindisi) har xil boʻlgan Kimyoviy elementlar izotoplar deb ataladi. Tabiatda koʻp Kimyoviy elementlar 2 yoki undan koʻp izotoplardan tashkil topgan. Yer poʻstida tarqalgan tabiiy Kimyoviy elementlarning izotop tarkibi oʻzgarmasdir, shuning uchun ularning eng muhim hisoblangan tavsifi — atom massasi deyarli oʻzgarmas boʻladi. Tabiiy Kimyoviy elementlar, asosan, noradioaktiv boʻlib, turlituman oddiy (kimyoviy jihatdan parchalanmaydigan) va murakkab (kimyoviy birikmalar) moddalarni tashkil etadi. a, r, u — nurlanuvchi Kimyoviy elementlar (uran, toriy, poloniy, radiy) radioaktiv elementlardir (q. Radioaktivlik).

Ensiklopediya.uz
KIMYOVIY ELEMENTLAR