Kimyo qiziqarli malumotlar
Aluminiyning brom bilan reaksiyasi
Таълим / Образование
Кимё фанига оид ҳамма билиши керак бўлган 10 та қизиқарли факт
Кўпчилик учун кунлар деярли бир хил ўтади: уй, иш, уй … Ушбу ҳолат кўпинча одамларни депрессияга олиб келади, чунки хилма-хиллик, саргузаштлар ва қизиқарли воқеалар етарли эмас!
Aммо аслида, ҳар куни атрофимизда миллионлаб воқеалар ва турли хил қизиқарли ҳодисалар рўй беради, биз уларга эътибор бермаймиз, нафақат бепарволигимиз учун, балки инсон кўзи буни кўрмайди.
Атрофимизда турли кимёвий жараёнлар доимо содир бўлиб туради. Кимё-бу мураккаб ва тушунарсиз нарса. Аслида, кимё ҳаётимизнинг бир қисмидир, кимёсиз инсоннинг ҳаёти нафақат жуда зерикарли, балки ҳатто имконсиз бўлар эди.
Кимё фанидан ажойиб фактлар
1. совун пуфаги инсон кўзи кўриши мумкин бўлган энг нозик нарса. Совун пуфаги 0,001 сонияда ёрилиб кетади. Бундай ташқари, агар сиз пуфакни -15 o да пуфласангиз, у сиртга текканда музлайди ва -25 o да музлайди ва зарбага синади.
2. Океан сувларида олтин мавжуд. Бир тонна океан сувига 7 миллиграмм олтин тўғри келади.
3. Парвоз пайтида самолёт 75 тоннагача кислород ишлатади, бу миқдордаги кислород 30 минг гектар ўрмон ҳосил қилади.
4. Темирни 1539 C 0 ҳароратда газга айлантириш мумкин.
5. Сайёрамиздаги ҳар бир тирик организм таркибида оқсил мавжуд, аммо у ҳар хил нисбатда учрайди. Инсон мияси ҳам оқсил ҳисобланади.
6. Метил спиртининг ўлдирувчи дозаси 30 мл бўлиб, антидот этил спирти ҳисобланади.
7. Металл ҳид тарқатмайди. Буялмаган металлнинг ҳиди хаммага таниш, масалан метал пуллар, эски беланчак, арматура ёки металл бўлаги. Аммо ушбу ҳидни металнинг ўзи эмас, бу металлнинг органик моддалар билан, масалан, кафт ёки бармоқ билан реакцияга кириши натижасида ҳосил бўлган тер натижасидир.
8. Помидорлар – жуда ақлли ўсимликлардир. Улар бир ҳашарот, масалан, тиртил – помидор баргини кемиришни бошлаган пайт, у қушларни «SOS» сигналига ўхшаган ўзига жалб қиладиган ўзига хос ҳидга эга бўлган кимёвий моддани чиқаради.
9. Чарльз Гудир – иссиқда эримайдиган ва совуқда синмайдиган каучукни тасодифан ихтиро қилган олим. У олтингугурт ва каучук аралашмасини киритилган печдан олишни унутди, шунинг учун каучук тайёрлаш жараёни вулканизация деб аталди.
10. Инсон миясида ҳар дақиқада 100 мингга яқин кимёвий реакциялар содир бўлади.
Кимё бизни доимо ўраб туради. У нафақат атрофимизда, балки танамизда ҳам учрайди ва ҳатто бизнинг фикрлаш жараёнимиз ҳам моҳиятан кимё ҳисобланади. Шундай қилиб, кимё нафақат кўпгина қизиқарли ва ҳайратланарли нарсаларни ўрганишга ёрдам беради, балки ҳар жиҳатдан биз учун фойда келтиради.
Kimyo qiziqarli malumotlar
Assalom aleykum kanalimiz a’zolari. Ushbu kanalda siz eng qiziqarli kimyoviy va fizik tajribalar va foydali ma’lumotlarni ko’rib borishingiz mumkin.
Niyatimiz 5K obunachiga ega bo’lish.
Aloqa uchun: @Saxatov_A
About
Blog
Apps
Platform
KIMYO – qiziqarli tajribalar rasmiy kanali
2.9K subscribers
Alkimyogarlar qadimdan ma’lum 7 ta metalldan qaysi birini Mars bilan bog’lashgan.
Anonymous Quiz
854 voters 2.3K views 09:37
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qiziqarli kimyoviy tajriba
Yodning sublimatlanishi
⏰ 00:18
Do’stlaringizni ham taklif qiling
Qiziqarli videolar tajribalar kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qiziqarli kimyoviy tajriba
Uran saqlagan birikma
⏰ 00:15
Do’stlaringizni ham taklif qiling
Qiziqarli videolar tajribalar kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qiziqarli kimyoviy tajriba
Apelsin bilan tajriba
⏰ 00:08
Do’stlaringizni ham taklif qiling
Qiziqarli videolar tajribalar kanali
20°c da bir hajm suvda necha hajm xlor eriydi?
Anonymous Quiz
616 voters 1.7K views 05:23
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qiziqarli kimyoviy tajriba
Oshpaz Burakdan qiziqarli tajriba
⏰ 00:32
Do’stlaringizni ham taklif qiling
Qiziqarli videolar tajribalar kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qiziqarli kimyoviy tajriba
Aluminiyning brom bilan reaksiyasi
⏰ 00:33
Do’stlaringizni ham taklif qiling
Qiziqarli videolar tajribalar kanali
Ruteniyning valentligi nechiga teng?
Anonymous Quiz
628 voters 1.8K views 05:48
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qiziqarli kimyoviy tajriba
Kiyimdagi ruchka dog’ini ketkazish
⏰ 01:18
Do’stlaringizni ham taklif qiling
Qiziqarli videolar tajribalar kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qiziqarli kimyoviy tajriba
2 Na₂S₂O₃ + I₂ = Na₂S₄O₆ + 2 NaI.
⏰ 00:06
Do’stlaringizni ham taklif qiling
Qiziqarli videolar tajribalar kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qiziqarli kimyoviy tajriba
Atseton peroksid hosil bolishi
⏰ 00:35
Do’stlaringizni ham taklif qiling
Qiziqarli videolar tajribalar kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qiziqarli kimyoviy tajriba
Sulfat kislota va shakar kukunlari
⏰ 00:41
Do’stlaringizni ham taklif qiling
Qiziqarli videolar tajribalar kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qiziqarli kimyoviy tajriba
Bu qanday bolishi mumkin?
⏰ 00:07
Do’stlaringizni ham taklif qiling
Qiziqarli videolar tajribalar kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qiziqarli kimyoviy tajriba
Oq fosfor va yod monoxlorid
⏰ 00:36
Do’stlaringizni ham taklif qiling
Qiziqarli videolar tajribalar kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qiziqarli kimyoviy tajriba
Ko’piklar bilan tomosha
⏰ 00:07
Do’stlaringizni ham taklif qiling
Qiziqarli videolar tajribalar kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qiziqarli kimyoviy tajriba
Lava chiroq
Alka Seltzer o’simlik yog’i Suv Oziq-ovqat bo’yoqlari
⏰ 00:13
Do’stlaringizni ham taklif qiling
Qiziqarli videolar tajribalar kanali
Kimyo tarixidan qiziqarli faktlar
1903-yilda farang kimyogari Eduard Benediktus nitroselyuloza bilan to‘la bo‘lgan shisha kolbani tasodifan sindirib qo‘yadi. Shisha sindi, ammo lekin Benediktus xavfsirab yuzini qo‘llari bilan berkitishi bilan qaytib ko‘zlarini ocharkan, sodir bo‘lgan manzaragahayron qoldi: shisha kolba yorilgan bo‘lsa-da, mayda bo‘laklarga bo‘linib sochilib ketmagan edi. U alohida parchalar holida, lekin xuddi ustidan yupqa plyonka bilan o‘zaro biriktirib qo‘yilgan kabi, bir joyda to‘planib turardi. Benediktus ushbu tasodifiy ixtironi avtomobil peshoynalari uchun qo‘llashni tavsiya etdi. Ixtiro avtomobilsozlikda muvaffaqiyat qozonib, bir necha yuzlab (balki minglab) insonlarni, peshoyna singanda shisha bo‘laklari yuziga va tanasiga sachrab sanchilib qolishida saqlab qolgan.
Yog‘dulanuvchi professor.
Moskva universiteti kimyo professori Semyon Volfkovich laboratoriyada fosfor moddasi bilan juda ko‘p va uzoq ilmiy tajribalar olib borgan. Ish jarayonida gazsimon fosfor olimning kiyimlariga o‘rnashib, shimilib qolar edi. Shu tufayli ham akademik ishdan so‘ng qorong‘u Moskva ko‘chalari bo‘ylab piyoda uyga qaytayotganida, uning kiyimlari moviy rangdagi shu’la taralib turar, poyabzalidan esa uchqun chiqayotgandek taassurot uyg‘otar edi. Odatda akademik o‘z ortidan hayrat bilan ergashib kelayotgan avom olomonga e’tibor bermasdi. Biroq, asl mohiyatda bexabar bo‘lgan savodsiz Moskvaliklarning orasida, universitetda ishlaydigan, kechalari o‘zida yog‘du taratadigan “o‘zga sayyoralik”, “narigi dunyodan kelgan kimsa ” haqida uydirmalar tarqalishi uchun bu narsa yetarli bo‘lgan.
Fizikadan kimyoga.
Yadro fizikasi otasi bo‘lmish Ernest Rezerford, bir paytlar fizika faniga haddan tashqari mubolag‘a bilan katta baho berib, “barcha fanlarni ikki turkumga bo‘lish mumkin: Fizika va pochta markalarini yig‘ish! “ deb aytgan edi. Biroq, eng qiziqarlisi shundaki, unga Nobel mukofotini, fizikadan emas, balki kimyo bo‘yicha, “Radioaktiv moddalar kimyosi sohasida, elementlarning yemirilishi borasida olib borgan tadqiqotlari uchun “ (1906-yil) berilgan. Natijada esa, Rezerford keyingi bayonotlarining birida hazil aralash, uning hayotda ko‘rgan eng kutilmagan shakl o‘zgarishlaridan biri sifatida, aynan o‘zining fizik mutaxassisdan kimyogarga aylanib qolganligi ekanini ta’kidlagan edi.
Besaranjom xodim va uning olamshumul kashfiyoti.
Shotlandiyalik bakteriolog Aleksandr Fleming, laboratoriyada mehnat qilar ekan, hamkasblari orasida unchalik saranjom emasligi va ish joyini ko‘pincha yig‘ishtirmasdan, pala-partish saqlashi borasida tanqidga uchrar edi. U haqiqatan ham o‘ta betartib ish yuritadigan fe’l-atvor egasi bo‘lgan. Lekin, baxtli tasodif tufayli uning bu xurmacha qiliqlari, 1928-yilda, XX-asr tibbiyotining eng katta yutuqlaridan biri bo‘lmish – antibiotiklarning kashf etilishiga sabab bo‘ldi.
o‘z odatiga sodiq ravishda Fleming, bakteriyalar bilan tajriba o‘tkazilgan maxsus idishchalarni, 2-3 haftalab yuvmay, tashlab qo‘ygan. Saranjom hamkasblar esa, o‘z idishlarini doimo toza tutishar edi. U yangi tajriba uchun ishlatish maqsadida idishlarni yuvishga chog‘lanar ekan, ulardan birida saqlangan bakteriyani o‘rab olib, halok qilayotgan po‘panakni ko‘rib qoladi. Shu tarzda tarixdagi ilk antibiotik – pensillin kashf etilgan edi.
Fleming o‘z kashfiyotidan nafaqat tibbiyotda, balki, tasviriy san’atda ham foydalangan ekan. U mikroblarning shtammlaridan foydalanib, ajoyib asarlar hosil qilgan.
Rezina ixtirochisi.
Amerikalik Charlz Gudir ham rezina tayyorlash retseptini tasodifan kashf qilgan. U adashib, kauchuk va oltingugurtdan iborat aralashmani oshxona plitasida qizdiradi. Shu tarzda, kauchukning rezinaga aylantiradigan vulkanizatsiya jarayoni ixtiro qilingan. Gudirning o‘zi, ixtirosining tasodifiy ekanligini inkor etmasa-da, biroq, unga shunchaki to‘satdan erishilgan natija sifatida ham qarash noo‘rin ekanligini ta’kidlar edi. Olim uzoq olib borilgan tajribalar seriyasida erishilgan kuzatuvchanlik va ziyraklik shunday yutuqqa olib kelgan deb fikr bildirgan.
Tushda ayon bo‘lgan davriy jadval.
Bu hikoyani ham ko‘p eshitganmiz: emishki, D.I.Mendeleyev, o‘zi tuzgan kimyoviy elementlar davriy jadvalini avvaliga tushida ko‘rgan emish. Bu haqida olimning o‘zi shunday degan edi: “Men u (jadval) haqida balki 20 yil va undan ko‘proq o‘ylangandirman; siz esa, “mudradi va. tayyor!“–deb o‘ylaysiz “ . Haqiqatan ham, Mendeleyev, davriy jadvalni kunlardan bir kun, tasodifan, o‘zi umuman o‘ylamagan holda tushida ko‘rib qolib kashf etgan emas. Balki, uning ustida yillar davomida izlangan, tunu-kun fikri-yodi unda bo‘lgan. Inson bir narsani muttasilo‘ylayversa, uni tushida ham albatta ko‘radi. Bu ko‘pchiligimizga ayon oddiy haqiqat. Shunday ekan, har qanday yutuq va muvaffaqiyatning zamirida tinimsiz mehnat yotadi. Bu kabi tasodiflar esa, aslida qonuniyatdir.
Tarjima mashaqqatlari.
Shakarni o‘rnini bosuvchi modda – sukraloza, Professor Lesli Hyuning ingliz tilini yaxshi bilmaydigan xorijlik talabalaridan biri tufayli kashf etilgan. Olim laboratoriya ishlaridan birida, xorijlik talabaga shakarning xlorlangan birikmalarini tekshirishni buyuradi (inglizchada, “test “ fe’li bilan murojaat qiladi); talaba esa, professorni yaxshi tushunmasdan, undan moddani tatib ko‘rishni so‘rayapti deb o‘ylaydi (inglizchadagi “taste “ fe’lini tushunadi). Talab moddani yalab ko‘radi. Qarasa ship-shirin narsa.
Gazli suv ichasizmi?
Ingliz olimi Jozef Pristli 1767-yilda, uzumni achitib tayyorlanadigan ichimliklarda, bijg‘ish jarayonida hosil bo‘ladigan, va suyuqlik yuzasiga qalqib chiqib yoriladigan gaz pufakchalari bilan qiziqib qoladi. Achitilayotgan uzum bochkasi ustida u suv to‘ldirilgan idishni qo‘yib, bir muddatdan keyin uni oladi va mazasini tatib ko‘radi. Pristli bunday suv tetiklantiruvchi xususiyatga ega ekanligini o‘z tanasi bilan his qilgan edi. Shu tarzda olim, hozirda ham gazlangan ichimliklar tayyorlashda qo‘llaniladigan karbonat angidrid gazini ochgan edi. 5 yildan keyingi e’lon qilgan ilmiy risolasida esa Jozef Pristli karbonat angidrid gazi olishning yanada takomillashgan usuli – bo‘r va oltingugurt kislotasini o‘zaro reaksiyaga kiritish yo‘li bilan hosil qilish haqida mufassal bayon qilgan.
“Buyuk Kimyogar. “
1837-yil kunlarining birida, Rossiya Imperiyasining yirik shaharlaridan biri Qozondagi xususiy pansionatlardan birining yerto‘lasida kuchli portlash yuz berdi. Hammani qo‘rquvga solgan portlash manzarasidan so‘ng, arang o‘ziga kelgan shahar tartib nozirlari, tekshiruvlarda aniqlashicha, bino yerto‘lasida, Aleksandr Butlerov ismli, mahalliy maktab o‘quvchisi yashirincha ravishda, qandaydir kimyoviy tajriba o‘tkazgan ekan.
U o‘qigan maktab pedagog kengashi, “bezori ” ni barchaga kulgi qilib, sazoyi qilish bilan jazolashga qaror qildi. Sasha Butlerovni, bo‘yniga katta harflar bilan, “Buyuk Kimyogar. “ yozuvi osilgan taxtachani ilib, maktabning eng gavjum joyida – oshxonada soatlab tik turishga majbur qilindi. Barcha kirgan-chiqqan o‘quvchi va o‘qituvchilar uni ustidan kulib o‘tishar edi. Bunday tahqirlovchi yozuv bilan balki maktab ma’muriyati, haqiqatan ham bo‘lajak buyuk kimyogarga salbiy munosabat bildirishayotganligini xayoliga ham keltirmagan bo‘lsa kerak. Yosh iste’dod egasining ham bu narsani qanday qabul qilgani noma’lum. Balki u iztirob chekkandir, balki, shu holatda ham ilmiy mulohazalar bilan band bo‘lgandir. Nima bo‘lganda ham, aslida ermak uchun yozilgan yozuv oqibatda haq bo‘lib chiqdi. Aleksandr Butlerov o‘z asrining eng buyuk kimyogarlaridan biri bo‘lib yetishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Qiziqarli malumotlar
Kimyo qiziqarli malumotlar