KIMONO

KIMONO

KIMONO — yapon erkak va ayollarining anʼanaviy kiyimi; oʻzbek toʻniga oʻxshash bari ustma-ust (chapi oʻngi ustiga) oʻtkaziladi va belbogʻ («obi») bilan mahkamlanadi. Keng yenglari («sode») quyida solqilanadi. Ayollar Kimonosi belbogʻining oʻta kengligi va qoʻltiq oʻmizining oʻyigʻi kabi ichki qirgʻoqlari tikilmaydigan uzun yenglari bilan ajralib turadi. Ishlatiladigan matosi va bichimiga koʻra, Kimono toʻngi, uylik, kundalik, kishilik va marosim turlariga boʻlinadi.

Ensiklopediya.uz
KIMONO