Kimlar temir daftardan chiqarib yuboriladi.
Kimlar temir daftardan chiqarib yuboriladi. ✔️ Ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalar quyidagi hollarda «Temir daftar»dan chiqariladi: 🟢 bandligi ta’minlangan yoki doimiy daromad manbaiga ega bo‘lganda; 🟢 bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish orqali muammosi hal etilganda oila a’zosining roziligi bilan; 🟢 malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilganda; 🟢 to‘liq davlat ta’minotiga olinganda («Mehribonlik», «Saxovat» va boshqa ixtisoslashtirilgan muassasalarga o‘tkazilganda); 🟢 aniqlangan boshqa muammolari qonuniy hal etilganda; 🟢 yolg‘iz yashaydigan ehtiyojmand fuqaro ozodlikdan mahrum etilganda yoki vafot etganda; 🟢 oila a’zosining murojaatiga asosan; 🟢 «Temir daftar»ga noqonuniy kiritish holati aniqlanganda; 🟢 boshqa davlatlarga doimiy yashash uchun chiqib ketganda. 🟢 ikki va undan ortiq masalalarini hal etish uchun kiritilgan oilalarning barcha masalalari to‘liq hal etilganda. 🟢 Doimiy va vaqtincha yashash uchun respublikaning boshqa hududiga ko‘chib o‘tganda, ❗️Belgilangan tartibda va yuqoridagi holatlardan tashqari temir daftardan chiqarilishingiz noqonuniy xisoblanadi.Kimlar temir daftardan chiqarib yuboriladi.
DO`STLARGA ULASHING:
Kimlar temir daftardan chiqarib yuboriladi.