KIMLAR BOLAGA BOG‘CHA PULI TO‘LASHDAN OZOD QILINADI. to’liq malumot oling

KIMLAR BOLAGA BOG‘CHA PULI TO‘LASHDAN OZOD QILINADI. to’liq malumot oling

🟢 KIMLAR BOLAGA BOG‘CHA PULI TO‘LASHDAN OZOD QILINADI.

⚡️ Savol; Bolaga bog‘cha pulini kimlar to‘lamasligi mumkin ?

⚡️ Javob; Mazkur masala «Maktabgacha ta’lim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom»ga asosan tartibga solinadi. Nizomga ko‘ra, bog‘chada bolalar umumiy sonining 15 foizi (bog‘chada 100 nafar bola bo‘lsa shulardan 15 nafari ozod qilinishi mumkin) doirasida kam ta’minlangan oilalar farzandlari to‘lovdan ozod qilinadi.

❗️Bog‘cha to‘lovidan birinchi navbatda qanday oilalar farzandlari ozod qilinishi kerak ?

✅ To‘lovdan birinchi navbatda ota-onalaridan biri yoki ikkalasi I yoxud II guruh nogironligi bo‘lgan kam ta’minlangan oila farzandlariga, shuningdek o‘rtacha oylik jami daromadi eng past darajada bo‘lgan kam ta’minlangan oila farzandlariga imtiyoz beriladi.

❗️O‘sha 15 foizlik ro‘yxatni kim tuzadi ?

✅ To‘lovdan ozod qilinadigan kam ta’minlangan oila farzandlari ro‘yxati mahalla tomonidan berilgan oilaning mulkiy ahvoli to‘g‘risida ma’lumotnomaga va tegishli bog‘cha ota-onalar qo‘mitasining xulosasiga asosan aniqlanadi va shakllantiriladi.

❗️Bu ro‘yxat qachon tuziladi ?

✅ To‘lovdan ozod qilinadigan kam ta’minlangan oila farzandlari ro‘yxati har o‘quv yilining 25 sentabr kuniga qadar tasdiqlanadi.

❗️Ro‘yxatga kirmay qolganlar nima bo‘ladi ?

✅ Ro‘yxatga kirmay qolgan, shuningdek yil davomida aniqlangan kam ta’minlangan oilalar farzandlari hisobidan zaxira shakllantiriladi xamda to‘lovdan ozod qilingan bolalarning bog‘chaga qatnashi to‘xtatilishi natijasida bo‘shab qolgan o‘rinlar mazkur zahiradan to‘ldirib boriladi.

Yuridik
KIMLAR BOLAGA BOG‘CHA PULI TO‘LASHDAN OZOD QILINADI.