KIMBERLIT haqida to’liq ma’lumot oling

KIMBERLIT haqida to’liq ma’lumot oling

KIMBERLIT (JARdagi Kimberli sh. nomidan) — effuziv koʻrinishdagi oʻta asosli brekchiyasimon togʻ jinsi. Asosan, portlash trubkasi shaklida uchraydi. Koʻpincha, piropli peridotitlardan, baʼzan piropli olivinitlar va piroksenitlardan tarkib topgan. Rangi koʻkimtir va yashilroq tusli qora. Kimberlitda 2 xil oʻzga jins boʻlakchalari (ksenolit) uchraydi. Birinchisi, juda chuqurlikdan olib chiqilgan oʻtaasos va asosli togʻ jinslari (pirop — olivinli giperbazitlar, eklogit va b.), ikkinchisi, Yer pusti jinslari (granit, kristalli slanes, qumtosh va b.). Mineral tarkibidagi olivin va flogopit yirik kristallar, piroksen, perovskit, magnetit va pirop mayda kristallar holida uchraydi. Pirop olmosning genetik yoʻldoshi, shuning uchun asosiy alomati hisoblanadi. Olmos oʻzga jins boʻlaklari va minerallarida ham boʻladi. Kimberlit trubkalari portlashdan paydo boʻlib, katta chuqurlikdan olib chiqilgan (gipabissal) mahsulot bilan toʻlgan boʻladi. Trubkalar oʻlchami bir necha m2 dan ming m2 gacha tomir, dayka koʻrinishida uchraydi. Olmos pirop bilan birga yuqori bosimda chuqurlikda hosil boʻladi. Kimberlitning mineral va kimyoviy tarkibi har xil. Kimberlitning nurashi tufayli sochilma olmos konlari vujudga keladi.

Kimberlit qad. platformalarda tarqalgan. Shuningdek, geosinklinallarda ham uchraydi, 1500 dan ortiq Kimberlit trubkalari maʼlum. Shulardan 10% da olmos bor. Olmosli Kimberlit, asosan, JAR va RF (Saxa-Yakutiya)da uchraydi. Shim. Amerika, Hindiston, Braziliya, Kongo Demokratik Respublikasida ham topilgan.

Malumotlar
KIMBERLIT