KIGIZ

KIGIZ

KIGIZ, namat — 1) uy jihozi; kigizchilikda jundan bosib tayyorlanadigan qalin, pishiq toʻshama, palos. Sharkda, xususan, Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda qadimdan maʼlum. Aksariyat chorvachilik rivojlangan mintaqalarda qoʻyning junidan bosiladi. Guldor (naqsh mujassamoti yulduz, romb, qoʻchqor shoxi, bulut va b.) va gulsiz sidirgʻa, ran giga koʻra, oq Kigiz, qora Kigiz, qizgʻish Kigiz va h. k. xillari boʻladi. Ayniqsa, qalin va zich bosilgan oq Kigiz qadrlangan. Kigiz dan, asosan, toʻshama sifatida (gilam, palos oʻrnida) foydalaniladi. Yana, shuningdek, oʻtovlarni oʻrashda, qalpoq, telpak tikishda mayu oʻrnida ham ishlatiladi;

Ensiklopediya.uz
KIGIZ