Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish kafolat jamgʻarmasi kreditlar olishga koʻmaklashadi

Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish kafolat jamgʻarmasi kreditlar olishga koʻmaklashadi

Davlat raqobat qoʻmitasi, Banklar uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi, shuningdek qator yirik banklar va sugʻurta kompaniyalari yangi tuzilmaning muassislari hisoblanadi.

 

Davlat raqobat qoʻmitasi хabarida ta’kidlanishicha, Jamgʻarma kichik tadbirkorlik sub’yektlariga garov bilan qoplanmagan kreditlarni olish uchun banklarga ta’minot taqdim etishga koʻmaklashadi. Chunki aynan bu kredit berishni rad etishning eng koʻp uchraydigan sababidir.

 

Kafolat jamgʻarmasi kichik tadbirkorlik sub’yektlariga beriladigan, umumiy summasi 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan oshmaydigan bank kreditlarining garov bilan ta’minlanmagan qismi uchun, kreditning 50%igacha ta’minot ajratadi.

 

Bundan tashqari,  Kafolat jamgʻarmasi kichik tadbirkorlik sub’yektlariga kredit olish boʻyicha maslahatlar beradi hamda yuqori teхnologik va innovatsion ishlab chiqarishlarni barpo etishga koʻmaklashadi.

 

 

 

Savollarga javoblar
Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish kafolat jamgʻarmasi kreditlar olishga koʻmaklashadi

manba:norma.uz