Kichik biznesni ro’yhatdan o’tkazish tartibi. to’liq malumot oling

Kichik biznesni ro’yhatdan o’tkazish tartibi. to’liq malumot oling

KICHIK BIZNES SUBYEKTLARINI RO‘YXATDAN

O‘TKAZISH TARTIBI

Tadbirkorlik subyektlarini xabardor qilish tartibida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda hisobga qo‘yish quyidagicha amalga oshiriladi:

yuridik shaxslarni — «Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olish va hisobga qo‘yishning xabardor qilish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning 2-ilovasidagi sxemaga muvofiq;

yakka tadbirkorlar yuridik shaxs bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklarini va yuridik shaxs bo‘lmagan oilaviy tadbirkorlik subyektlarini — «Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olish va hisobga qo‘yishning xabardor qilish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning 2a-ilovasidagi sxemaga muvofiq.

Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olish, yustitsiya organlari yoki tuman (shahar)lar hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olish inspeksiyalari tomonidan bir vaqtning o‘zida ularni soliq va statistika organlarida hisobga qo‘ygan holda amalga oshiriladi.

Ariza-xabarnoma barcha zarur hujjatlar ilova qilingan holda taqdim etilgan paytdan boshlab tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatiga olib, unga davlat ro‘yxatiga olinganlik to‘g‘risidagi guvohnomani berishgacha o‘tadigan muddat ko‘pi bilan ikki ish kunini tashkil qiladi.

Barcha tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

tegishli bo‘lmagan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organiga murojaat qilinganligi;

«Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olish va hisobga qo‘yishning xabardor qilish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomda ko‘rsatilgan hujjatlarning to‘liq taqdim etilmaganligi.

Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarni uchun davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish uchun quyidagilar ham asos bo‘ladi:

ta’sis hujjatlari va muhr hamda shtamp eskizlarida ko‘rsatilgan firma nomining firma nomining zaxiraga olinishi tasdig‘ida ko‘rsatilgan firma nomiga mos kelmasligi;

ta’sis hujjatlari hamda muhr va shtamp eskizlarida ko‘rsatilgan tashkiliy-huquqiy shaklning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan tashkiliy-huquqiy shakllar turlariga muvofiq emasligi;

ta’sis hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan taqiqlangan faoliyat turlari ko‘rsatilganligi.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ustav fondining miqdoriga talablar qo‘yilgan tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarga nisbatan, «Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olish va hisobga qo‘yishning xabardor qilish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning 18-bandida keltirilgan asoslarga qo‘shimcha ravishda, ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan ustav fondi miqdorining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida tegishli tadbirkorlik subyektlari uchun belgilangan miqdorga to‘g‘ri kelmasligi, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishga asos bo‘ladi.

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish uchun, «Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olish va hisobga qo‘yishning xabardor qilish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning 18 va 19-bandlarida ko‘rsatilgan asoslarga qo‘shimcha ravishda, quyidagilar asos bo‘ladi:

xorijiy investitsiyalar ulushining miqdori O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun belgilangan miqdorga to‘g‘ri kelmasligi;

xorijiy investorning Nizom jamg‘armasidagi ulush miqdori O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bo‘yicha xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun belgilangan Nizom jamg‘armasi talablariga mos kelmasligi;

xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonaning ta’sischilari tarkibida xorijiy yuridik shaxsning mavjud emasligi.

Bozorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishga «Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olish va hisobga qo‘yishning xabardor qilish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning 18-bandida ko‘rsatilgan asoslarga qo‘shimcha ravishda, quyidagilar asos bo‘ladi:

bozorning ustav fondiga ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan miqdorning 30 foizi kiritilmaganligi;

bozorning ta’sischilari tarkibida ustav fondining kamida 51 foiziga egalik qiluvchi mahalliy davlat hokimiyati organlarining mavjud emasligi.

Taqdim etilgan hujjatlar faqatgina mazkur Nizomda keltirilgan rad etish asoslarining mavjud emasligini tekshirish uchun o‘rganiladi. «Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olish va hisobga qo‘yishning xabardor qilish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomda ko‘rsatilmagan asoslar bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish haqidagi asoslantirilgan qaror hujjatlar taqdim qilingan paytdan boshlab ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan 3 ish soati ichida qabul qilinadi va ariza beruvchiga taqdim etiladi.

Ariza beruvchi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qaroridan, uning mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlaridan (harakatsizligidan) norozi bo‘lgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlari buzilgan taqdirda, belgilangan tartibda sudga murojaat qilishga haqlidir.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish uchun asoslar mavjud bo‘lmagan taqdirda tadbirkorlik subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan statistik kodlar tadbirkorlik subyektiga ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan ma’muriy-hududiy belgilanishlar, faoliyat turlari, mulkchilik shakllari va tashkiliy-huquqiy shakllarining statistik klassifikatorlaridan foydalangan holda beriladi.

Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tadbirkorlik subyektiga real vaqt rejimida, Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat statistika qo‘mitasining Internet tarmog‘idagi tegishli idoraviy saytlaridan foydalangan holda olingan STIR va OKPO kodlarini beradi.

Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ, muhr va shtamp eskizlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ o‘z muhrini muhr va shtamp eskiziga bosish yo‘li bilan tasdiqlaydi hamda muhrlar va shtamplarni ro‘yxatga olish kitobiga shu to‘g‘risidagi tegishli yozuvni qayd etadi.

Muhr va shtamp eskizlari qonunchilik talablariga muvofiq bo‘lmasa, tadbirkorlik subyekti bilan kelishgan holda eskizning barcha taqdim qilingan nusxalariga kerakli tuzatishlar kiritishi va keyinchalik tasdiqlanishi mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlari (statistika kodlari, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR) berish, muhr va shtamp eskizini tasdiqlash) yakunlangandan keyin, yuridik shaxs bo‘lgan barcha tadbirkorlik subyektlarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan «Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olish va hisobga qo‘yishning xabardor qilish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga 5-ilovada ko‘rsatilgan shaklda yuridik shaxslarning davlat reyestriga kiritiladi. Yakka tartibdagi tadbirkorlarni, yuridik shaxs bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklarini va yuridik shaxs bo‘lmagan oilaviy tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli reyestrlarga «Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olish va hisobga qo‘yishning xabardor qilish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning 5a, 5b va 5v-ilovalariga muvofiq shakllar bo‘yicha kiritiladi.

Tadbirkorlik subyektiga barcha zarur hujjatlar bir vaqtda beriladi.

Elektron shaklda tadbirkorlik subyektlariga taqdim etiladigan hujjatlar, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ vakolatli shaxsining elektron raqamli imzosi bilan imzolanadi. Bunda murojaat etuvchi, o‘zining so‘rovnomasi bo‘yicha qog‘ozda rasmiylashtirilgan tegishli hujjatlarni o‘zi kelgan holda yoki pochta aloqasi orqali ham olish huquqiga ega.

Mazkur bandda nazarda tutilgan hujjatlarni topshirish sanasi O‘zbekiston Respublikasi davlat interaktiv xizmatlarini ko‘rsatish Yagona portalidan foydalanuvchining shaxsiy kabineti orqali tegishli elektron hujjatlarni murojaat etuvchi tomonidan qabul qilib olgan kun hisoblanadi, uning mavjudligi haqida murojaat etuvchi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga xabar beradi.

Tadbirkorlik subyekti tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi tegishli guvohnomani olganidan va bank hisob raqami ochganidan keyin amalga oshirishi mumkin (yakka tadbirkorlar va yuridik shaxs bo‘lmasdan tashkil etilgan dehqon xo‘jaliklari hisob raqam ochish uchun o‘z xohishlariga qarab murojaat qiladilar).

Obyektlarni qurish, qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish, tadbirkorlik faoliyati uchun turarjoy binolarini noturarjoy toifasiga o‘tkazish, shuningdek muhandislik kommunikatsiyalariga ulanish uchun ruxsatnoma xususiyatiga ega

bo‘lgan hujjatlarni vakolatli organlarda va ekspluatatsiya tashkilotlarida rasmiylashtirish tadbirkorlik subyekti yoki uning muassisi arizasiga ko‘ra Inspeksiya tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazish amalga oshirilgan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida tadbirkorlik subyekti joylashgan joydagi quyidagi organlarga rasmiy ravishda u haqida davlat reyestridan «Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olish va hisobga qo‘yishning xabardor qilish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga 7-ilovada ko‘rsatilgan shaklda ma’lumotlar yuboradi:

yuridik shaxslar bo‘yicha — davlat statistika organlari va davlat soliq xizmati organlariga;

yakka tartibdagi tadbirkorlar yuridik shaxs bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklarini va yuridik shaxs bo‘lmagan oilaviy tadbirkorlik subyektlarini bo‘yicha — davlat soliq xizmati organlariga;

aksiyadorlik jamiyatlari bo‘lgan yuridik shaxslar bo‘yicha — qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish vakolatiga ega davlat organiga.

«Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olish va hisobga qo‘yishning xabardor qilish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning 11-bandi «g» kichik bandi va 33-bandiga muvofiq taqdim etilgan yuridik shaxsning muhr va shtamplari tegishli davlat ro‘yxatidan o‘tkazish amalga oshirilgan kundan boshlab bir kun mobaynida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.

Tadbirkorlik subyektlarini soliq va statistika organlari tomonidan hisobga qo‘yish tadbirkorlik subyektini jalb qilmagan holda amalga oshiriladi.

«Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olish va hisobga qo‘yishning xabardor qilish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning 30-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni olgan kundan boshlab 2 ish kunida davomida:

davlat soliq xizmati organlari — yuridik shaxsni, yakka tartibdagi tadbirkor va yuridik shaxs bo‘lmasdan tashkil etilgan dehqon xo‘jaligini, shu jumladan, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari, Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi va Respublika yo‘l jamg‘armasiga to‘lovlar to‘lovchilari

sifatida (tegishli jamg‘armalarga to‘lovchilar hisoblangan subyektlar uchun) hisobga qo‘yadilar;

davlat statistika organlari — ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan berilgan statistika kodlarini tekshiradi va yuridik shaxsni Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registriga kiritadi.

Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR)da yoki berilgan statistik kodlarda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolar aniqlanganda, davlat soliq xizmati organlari yoki davlat statistika organlari 1 ish kuni mobaynida elektron pochta aloqasi yoki faksimil aloqa orqali tegishli ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni aniqlangan xatolar haqida xabardor qiladi.

Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tegishli xabarnomani olgach 1 ish kuni mobaynida tegishli davlat reyestrlariga o‘zgartirishlar kiritadi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik haqida yangi guvohnoma rasmiylashtiradi, bu haqda tadbirkorlik subyektini xabardor qiladi va unga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik haqidagi ushbu guvohnomani beradi.

Yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish yoki tiklash to‘g‘risidagi arizasini olgan ro‘yxatga oluvchi organ keyingi ish kuni tugashidan kechikmay O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkorning faoliyatini vaqtincha to‘xtatganligi yoki tiklaganligi to‘g‘risida soliq bo‘yicha hisobga qo‘yilgan joydagi davlat soliq xizmatiga axborot taqdim etadi.

Biznes Tavsiyalar
Kichik biznesni ro’yhatdan o’tkazish tartibi.