Kichik biznes uchun marketing. 10 maslahat

Kichik biznes uchun marketing. 10 maslahat

Kichik biznes uchun marketing. 10 maslahat

Mundarija скрыть
Kichik biznes uchun marketing. 10 maslahat
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Siz o’z biznesingizni yuritasizmi yoki endi boshlamoqchimisiz? Har ikki vaziyatda ham siz biznesingizni yanada rivojlantirishingiz kerak. Quyidagi maslahatlar esa bunda sizga yordam beradi. Bugun Gooper.uz’da kichik biznes uchun oltin marketing maslahatlarini taqdim etamiz. Marhamat!
s853699871543999373 2018 1kv 9
Bozorni toraytiring
A’lo mijozning rasmini yarating: ko’rinishini, nimani o’ylayotganligini, qanday baho berishini, ularni qayerdan topishingiz mumkin? A’lo mijoz ma’nosiga to’g’ri kelmaganlarga murojat qilmang.
O’zgarib turing
Mahsulot haqida hamma narsani unuting. Eng  markaziy g’oyani aniqlang va shundan ish boshlang. Bu markaziy g’oya sizni raqobatchilaringizdan ajratib turganligiga ishonch hosil qiling.
Eng avvalo strategiya haqida o’ylang
1chi va 2chi qadamlarni e’tiborga olib, strategiyangizni o’ylab chiqing. Iste’molchining ongida 1 yoki 2 so’z bilan joy oling. Iste’molchi albatta sizning a’lo mijozingizga aylanadi.
O’quv materiallarini kashf eting.
Siz axborot biznesidamisiz. Sizning veb-saytingiz, marketing materiallar vaho kazo buning hammasi molni sotish uchun tarqatiladigan oddiy varaqalar emas balki sizning informatsion o’quv materialingizdir.
His-hayajonlar, vizual stil
A’lo mijozingizni his-hayajonli javobini olish uchun vizual stilni to’g’ri ishlatishga harakat qiling. Bular unga yoqqan narsalarga to’g’ri kelishi kerak.  Har elementdagi vizual stil yaxshilab o’ylab chiqarilishi shart.
Lidlarni (potensial mijozlarni) har bir nuqtadan qabul qiling
Odamlar har hil yo’llar bilan o’rganishadi. Lidlarni  har hil holatlarda qabul qilishga harakat qilib ko’ring. Bu sizning malakangizni oshiradi,  hamda  potensial mijozlarni jalb etishning samarali  yo’llarini  yaxshiroq bila olasiz.
Molni sotib olishdan oldin logik yo’l yarating.
Lidlarni jalb etish logik yo’lga – molni sotib olishga olib boradi. Shunday konversion yo’l topingki, uni mijoz ko’rganda shu mol menga zarur degan qaror borsin. Bu ishni mol sotib olinishidan oldan, sotib olinayotgan vaqtda va olinib bo’lganindan keyin ham qiling.
Ahamiyatga ega bo’lgan narsalarni har doim o’lchab yuring.
Bir qancha narsalar har doim ahamiyatga ega. Odatda muvaffaqiyatli biznesning  sirli qaylasi  nomoddiy aktivlar va ularning o’lchamida bo’ladi. Aynan ular ko’pincha daromadga yetaklaydi.
Avtomatizatsiyalang.
Marketing jarayonini avtomatizatsiyalang. Internet tarmog’ini egallang, bilimlarni yarating, axborot biznesingizdagi boshlang’ich yetkazib berish elementlarini avtomatizatsiyalashtiring. Odamlarni o’zi axborotni tarqatishsin.
Rejalashtirish.
Doim  marketing faoliyatingizni rejalashtiring. Bir kun, hafta, oy hatto bir yilga ham reja tuzing.  Va albatta marketingdagi investitsiyalar rejaga mos kelishini kuzating.

Mirmuhammad Ergashev, Gooper.uz uchun maxsus

Kichik biznes uchun marketing. 10 maslahat