KHULVA
KHULVA — Bangladeshning jan.gʻarbiy qismidagi shahar. Gang daryosining kema qatnaydigan tarmogʻi — Pusur daryosi boʻyida. Aqolisi 732 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Khulva — sanoati tez oʻsib borayotgan va iqtisodiy ahamiyati jihatidan mamlakatda 3-oʻrindagi shahar. Transport yoʻllari tutuni. Jut (mamlakat jut sanoatining yarmidan ortigʻi joylashgan), ip gazlama, oziq-ovqat, metallsozlik sanoatlari rivojlangan. Mashinasozlik (kabel i. ch. z-di), yogʻochsozlik va kimyo sanoati, daryo kemasozligi korxonalari, issiqlik elektr st-yalari bor.
Ensiklopediya.uz
KHULVA