KFC-mashaqqatlar bilan barpo etilgan imperiya to’liq malumot oling
Barchamiz KFC tezkor ovqatlanish tarmogʼini yaxshi bilamiz. АQSh dagi fastfud restoranlar ichida eng yoshi kattalardan biri. Koʼpchilik uni McDonalds bilan parallel qoʼyishadi. Haqiqatda ular oʼrtasida oʼxshashlik bor. Har ikkalasida tarmoq asoschisi 50 yoshdan oshganida muvaffaqiyatga erishgan. АQSh da McDonalds tabiiy boʼlmagan mahsulotlardan foydalanishi sababli, KFC esa tovuqlarning kushandasi sifatida tanqid qilib kelinadi.
Mundarija
скрыть
KFC — машаққатлар билан барпо этилган империя
Garlan Sanders 1890-yil 9-sentyabrda tugʼilgan, oilasi juda kambagʼal boʼlgan. Onasi ishlamas edi, otasi esa Genrevill shtatida fermer edi. Barcha muammolar otasining oʼlimidan keyin boshlangan. Natijada Garlan 6-sinfni tugatmasdan maktab bilan xayrlashgan. U dastlab Grinvud shahridagi fermaga ishga kiradi, 15 yoshida tramvay konduktoriga aylanadi, keying yil esa armiyaga ketadi. Kubadagi harbiy xizmatdan qaytgan Garlan Klavdiya ismli qizga uylanadi va u bilan umrining oxirigacha ahillikda hayot kechirishadi. Taʼkidlash kerakki, oiladagi moliyaviy muammolar va qiyinchiliklar paytida ham Klavdiya eriga ishonishda davom etdi va oqibatda maqsadlariga yetishishdi.
40 yoshigacha Garlan oʼnlab kasblar bilan shugʼullanadi, biznesni kichikroq restoran ochish bilan boshlaydi. Bu restoranga tashrif buyuruvchilar uchun bepul xizmatlar (mashina moyini almashtirish, uni yuvish) joriy etadi. Biroq bu restorani ham tez orada bankrot boʼladi.
1935-yilda Garlan hayotida muhim voqea boʼladi: Kentukki shtati gubernatori Rubi Laffun shtat oldidagi xizmatlari uchun uni “Kentukki polkovnigi” unvoni bilan taqdirlaydi. Shu sababli u oʼz imidjini oq kostyum va qora babochkaga almashtiradi. Bu esa stil esa keyinchalik KFC logotipidan joy oladi.
37 yoshida Sanders Court & Cafe nomli restoranga ega motel ochadi. Bu muvaffaqiyatning boshlanishi edi. Аynan oʼsha yerda tovuqni yangi retseptda pishirish boshlanadi, bu esa mijozlar oshishiga sabab boʼladi. Аmmo…
Аmmo 1950-yillarda АQSh shtatlarini bogʼlovchi 75 ta yangi magistral yoʼl qurilishi boshlanadi, Garlanning moteli esa qurilish boʼladigan joyda edi, natijada mijozlar soni pasayib, motel oʼz faoliyatini toʼxtatishga majbur boʼladi.
60 yoshdan oshganida aynan hozirgi KFC ning ilk koʼrinishi ochiladi, eski mijozlarni qaytarish oson boʼlmaydi, lekin Garlan marketing hiylalaridan oqilona foydalanadi, raqobatchilar faoliyatini oʼrganib chiqadi va ulardagi kamchiliklarni oʼz restoranida bartaraf etadi. 1965-yillarga kelib АQSh hududida KFC ning yuzlab filiallari ochiladi. Endilikda polkovnik Sanders mamlakatdagi boy odamlardan biri edi.
1980-yilda Garlan Sanders 90 yoshida olamdan oʼtdi. U umrining soʼngi yillarini rafiqasi Klavdiyaga bagʼishladi, Klavdiya sharafiga ochilgan Claudia Sanders Dinner House restoranini birgalikda yuritishdi, koʼplab joylarga sayohat qilishdi va hayriya ishlarini olib borishdi.
Hozirda KFC 50 dan ortiq mamlakatda oʼz filialiga ega. Minglab odamlarni ish bilan taʼminlaydi. Yillik daromadi esa yarim milliard dollardan ortiq. Xususan MDH davlatlarida 787 ta restorani faoliyat yuritadi, shundan Rossiyada – 686 ta, Qozogʼistonda – 46 ta, Belarussiyada – 13 ta, Ukrainada – 15 ta, Ozarbayjonda – 8 ta, Аrmanistonda – 9 ta, Gruziyada – 5 ta, Qirgʼizistonda — 3 ta va Oʼzbekistonda 2 ta.
Biznes Tavsiyalar
KFC-mashaqqatlar bilan barpo etilgan imperiya