KEYP-KOST

KEYP-KOST

KEYP-KOST — Gananing jan. qismidagi shahar. Markaziy viloyatning maʼmuriy markazi. Aholisi 100 ming kishidan ziyod (1990-y. lar boshlari). Gvineya qoʻltigʻi sohilidagi baliq ovlash porti. Oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Hunarmandchilik rivojlangan. Mamlakatning qad. madaniy markazlaridan. Un-t bor. Qad. qalʼa saqlangan. Shaharga 1652-y. da asos solingan.

Ensiklopediya.uz
KEYP-KOST