KET
KET — Gʻarbiy Sibirdagi daryo. 0bning oʻng irmogʻi. Uz. 1621 km, havzasining mayd. 94,2 ming km2. Ob b-n Yenisey oʻrtaligʻidagi suvayirgʻichdan boshlanib, Gʻarbiy Sibir pasttekisligidan oqadi. Ket qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 560 m3/sek. Okt. oxiridan may oʻrtalarigacha muzlab yotadi. Quyilish joyidan 737 km masofada kema qatnaydi.
Ensiklopediya.uz
KET