KESON-SITI
KESON-SITI — Filippindagi shahar, Luson o. da. Aholisi 2,16 mln. kishi (2000). Iqlimi mussonli tropik iqlim. Yillik oʻrtacha yogʻin 2167 mm. Shahar 1939-y. dan qurila boshlagan. Filippinning birinchi prezidenti Manuel Keson nomiga qoʻyilgan. 1948-y. dan Filippin Respublikasining rasmiy poytaxti deb eʼlon qilingan, hoz. Katta Manila tarkibida. K.-S—mamlakatning savdo-sanoat va maʼmuriy-madaniy markazi. Toʻqimachilik, poyabzal, tikuvchilik, metallsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Plastmassa, qogʻoz ishlab chiqariladi. Davlat unti bor.
Ensiklopediya.uz
KESON-SITI