Kesarcha kesishdan soʻng tiklanish
Tugʻruqdan keyin ayol kishi odatda shifoxonada 3 yoki 4 kun qolib, keyin uyiga ketadi. Biroq, kesarcha kesish holatida kunlar emas, haftalar kerak boʻladi. Shuning uchun siz uyga qaytganingizda oʻzingizni, bolangizni va boshqa bolalaringizni parvarishlashda yordam kerak boʻladi. Har qanday jarrohlikdan keyin hordiq va yaxshi ovqatlanish zarur boʻladi, bu ayniqsa kesarcha kesishga taalluqli, chunki sizning tanangiz va emotsiyalaringiz yuqori yuklamaga duchor boʻlgan. Kesarcha kesishdan keyin tiklanish, emizish, uyquga toʻymaslik va gormonal fondagi oʻzgarishlar hattoki eng sogʻlom va bardoshli ayolda ham katta yuklamaning sababi boʻlib qolishi mumkin.
Tibbiy xodimlar barchasi joyida ekanligiga ishonch hosil qilgach, sizni bitta yoki bir nechta yosh onalar boʻlishi mumkin boʻlgan palataga, yoki bir oʻrinli palataga oʻtkazishadi. Agar koʻkrak bilan emizishni rejalashtirayotgan boʻlsangiz, unda hoziroq kirishishingiz mumkin. Kesarcha kesish sohasiga boʻlgan bosimni kamaytirish uchun hamshiradan sizni yonboshga yotishingizga yoki «futbol toʻpini ushlash» (football hold) holatiga yotishingizga yordam berishini soʻrang. Agar kesarcha kesish paytida kesim sohasidagi ogʻriq sababli koʻkrak bilan emizishga qiynalsangiz, sizga laktatsiya masalalari boʻyicha tezroq maslahat berishlarini soʻrang. Maslahatchi qoringa zarar yetkazmaslik uchun va koʻkraklarni bezovtalanishini bartaraf etish uchun bolangizni toʻgʻri joylashtirish borasida malakali tavsiyalar va koʻrsatmalarni beradi. Agar sizga umumiy anesteziya yuborilgan boʻlsa, ehtimol, uyqudan turganingizdan keyin maʼlum vaqt mobaynida oʻzingizni yomon his qilasiz. Shuning uchun tiklanish jarayonida bolani oʻzingiz ushlab turgan holat xavfsiz boʻlmasligi mumkin. Bu demak, ehtimol, tugʻruqdan keyin bir necha soatlar davomida bolani emizdira olmaysiz. Kesarcha kesishdan keyin 48 soat davomida koʻngil aynishini his qilishingiz mumkin. Bunday holatda sizga tegishli dori vositalarini yuborishlarini soʻrashingiz mumkin. Siz shuningdek, butun tanada qichishishni his qilishingiz mumkin, ayniqsa, agar epidural anesteziya paytida giyohvand moddalarni yuborishgan boʻlsa. Qichishishni bartaraf etish uchun sizga vositalarni yuborishlari uchun siz yana tibbiy xodimlarga murojaat qilishingiz lozim. Har qanday onalardagi kabi, kesarcha kesishdan keyin sut bezlari shishib qoladi, kayfiyat oʻzgarishlari va qindan ajralmalar kuzatiladi. Anesteziya taʼsiri oʻtib ketganidan keyin esa, ehtimol juda yaqqol ogʻriq paydo boʻladi. Agar sizga epidural (umumiy emas) anesteziya yuborilgan boʻlsa, odatda kesarcha kesishdan keyin dastlabki 12-24 soat mobaynida ogʻriqni yengillashtirish maqsadida tugʻruqdan keyin uni yuborishda davom etishadi. Baʼzida morfinning turi yuboriladi, u yaxshigina ogʻriq qoldiradi va shuning bilan mastlik holatini keltirib chiqarmaydi. Agar morfin boʻlmasa, unda sizga ogʻriqni darhol qoldiradigan tizimli tabiatdagi boshqa giyohvand vositalar yuboriladi. Ular inʼeksiya koʻrinishida har 3-4 soatda yuboriladi, yoki preparatlar «patsiyent tomonidan nazorat qilinadigan analgeziya» tizimi boʻyicha yuboriladi. Mazkur tizim yordamida siz ogʻriqni his qilganingizda tugmachani bosasiz, va u qoʻlga oʻrnatilgan tomizgʻich orqali dori vositalarini yuboradi. Xavotirlanishga hojat yoʻq. Dozani oshirib yuborish xavfi mavjud emas, chunki dozani moslama nazorat qiladi. Shu tarzda siz preparatning xavfsiz miqdoridan oshiqcha dozani olmaysiz. Agar siz hali ham ogʻriqni his qilsangiz bu haqda hamshiraga xabar bering va qoʻshimcha dori vositasini berishlarini soʻrang. His-tuygʻularingizni ushlab turmang, chunki hozir qanchalik kuchli ona ekanligingizni koʻrsatishning vaqti emas. Dori yuborilishini qanchalik uzoq choʻzsangiz, sizga ogʻriqni nazorat qilish shunchalik qiyinroq boʻladi. Agar hamshira yordam bera olmasa, akusherga murojaat qiling. Ogʻriq sizga bolani emizishda halaqit berib, emotsional holatingizga taʼsir koʻrsatishi mumkin. Oʻzingizni qanchalik qulay his qilsangiz, sizning emotsiyalaringiz shunchalik baxtliroq boʻladi. Ogʻriq qoldirilishini yetarlicha emasligi sizga harakatlanishga halaqit berishi mumkin, bu esa, oʻz navbatida, kesarcha kesishdan keyin tiklanishga taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Har bir necha soatlarda hamshira sizning ahvolingizni tekshirib boradi, hayotiy koʻrsatkichlaringizni oʻlchaydi, bachadoningiz tonusda ekanligiga ishonch hosil qilish uchun qorningizni paypaslaydi, hamda vaginal qon ketishi darajasini baholaydi. Tugʻruqdan keyin bir necha kunlar mobaynida yorqin-qizil rangli ajralmalar kuzatiladi, ular loxiyalar deb ataladi. Bu qon va bachadon shilliq qavatlaridan toʻqimalar. Kesim sohasida uvishish va ogʻriq boʻlishi mumkin, kesarcha kesishdan qolgan chandiq esa shishganroq va atrofdagi teriga qaraganda toʻqroq tusda boʻladi. Kesim sohasi yaxshi bitayotganligiga ishonch hosil qilish uchun uni doim tekshirib, nazorat qilib borishadi. Sizga bu sohani qanday parvarishlash boʻyicha yoʻriqlar beriladi, masalan, siz yoʻtalishni, aksirishni yoki kulishni boshlaganingizda qoʻl va yostiq bilan qanday ushlab turish haqida soʻzlab berishadi. Sizga yoʻtal paytida nima qilish kerakligini yoki oʻpkalarni kengaytirish uchun va ayniqsa umumiy anesteziya yuborilganidan keyin har qanday yigʻilib qolgan suyuqlikni chiqarib tashlash uchun nima qilish kerakligini soʻzlab berishadi. Agar suyuqlik oʻpkalarda qolib ketsa bu pnevmoniyaga olib kelishi mumkin. Tugʻruqdan keyin taxminan 12 soatdan keyin, hammasi yaxshi ekanligi sharti bilan, odatda kateter va tomizgʻich olib tashlanadi, va siz yana ovqatlanishni boshlashingiz mumkin. Shunga qaramasdan, dastlabki bir necha kunlar mobaynida siz qorin dam bulishini his qilishingiz mumkin. Bu narsa jarrohlik aralashuvi oʻtkazilishida ovqat hazm qilish tizimi sekin ishlashi tufayli sodir boʻladi. Muammoni hal qilish uchun turib, biroz yurish mumkin. Biroq, agar muammo hal etilmasa hamshiraga xabar berib, yordam soʻrash lozim. Sizga retseptsiz dori preparatini yuborishlari mumkin.
Vannaxonaga borish ham oʻziga hos sayr hisoblanadi. Hojatxonaga muntazam ravishda borish juda muhim, chunki toʻlgan qovuq kesim sohasiga bosim koʻrsatadi, hamda bachadon qisqarishini qiyinlashtiradi. 3 yoki 4 kundan keyin shifokor choklarni yoki skobalarni yechadi. Agar hammasi yaxshi boʻlsa, siz va bolangiz uyga qaytishlaring mumkin. Biroq, shifoxonani tark etishdan oldin jarrohlikdan keyin uy sharoitida ogʻriqni oldini olish va bartaraf etish borasida shifokoringiz bilan gaplashib oling. Bevosita shifoxonadan chiqishdan oldin sizga uydagi parvarishlarni roʻyxatini taqdim etishadi, jumladan, chandiqni himoya qilish usullari, ogʻriqni yoʻqotish va ichakdagi tutilishni bartaraf etish va hokazo. Shuningdek, siz uyda turishingiz uchun barcha narsalarni tayyorlab qoʻyish lozim, lekin hamrohingiz, ehtimol, ularni tayyorlab boʻlgandir.
Jiddiy jarrohlikni boshingizdan kechirganingizni unutmang va shuning uchun kesarcha kesishdan keyin dastlabki bir necha haftalarda siz tashrif buyurganlarni koʻnglini ololmaysiz, ovqat pishirolmaysiz va uy yumushlarini bajara olmaysiz. Kesarcha kesishdan keyin chandiq bitishi uchun zarur boʻlgan 4-6 hafta mobaynida ayrim darajada charchoqlikni, noqulaylikni va ogʻriqni his qilishingiz ehtimoldan holi emas. Shifoxonadan oladigan yoʻriqnomalar quyidagicha boʻlishi mumkin:
8 hafta davomida bolangizdan ogʻirroq narsani koʻtarmang. Uydagi qiyin ishlarni bajarmang va 8 hafta mobaynida hech qanday harakatlarni amalga oshirmang. 6 hafta mobaynida avtomobilning ruliga oʻtirmang. Ushbu masala yuzasidan shifokorlarning fikri turlicha, shuning uchun aynan oʻzingizning shifokoringiz bilan maslahatlashish lozim. Qorningizni tayanch bilan taʼminlang. Turayotganingizda yoki yurayotganingizda egilmang. Yelkalaringizni toʻgʻrilab va boshingizni baland koʻtarib turing. Yoʻtalganingizda, aksirganingizda, kulayotganingizda yoki boshqa keskin harakatlarni qilayotganingizda qorningizning sohasini ushlab turing. Bolani emizish paytida ushlab turish uchun yostiqlardan yoki oʻralgan sochiqlardan foydalanish mumkin. Jinsiy faollikdan ushlanib turing, lekin quchoqlashishlar foyda berishi mumkin. Odatda jinsiy hayotni boshlashdan oldin 6 hafta kutib turish tavsiya etiladi. Biroq, shuni eʼtiborga olish lozimki, shu kabi «qiyinchiliklardan» soʻng tanangizning tiklanishiga siz kutgandan ham koʻproq vaqt ketishi mumkin, shuning uchun maʼlum vaqt mobaynida jinsiy aloqa borasida oʻylay ham olmaysiz. Bu intim turdagi boshqa paytlarni amal qila olmaysiz degani emas. Oʻlaringni yana juftlik ekanliklaringizni his qilish uchun hamrohingizga vaqt ajratish kerak boʻladi. Balki bu oddiy oʻpgich yoki ertalab yoki kun davomida bola uxlayotgan paytida bir necha daqiqalar davomida quchoqlashish boʻlishi mumkin. Koʻpgina yosh ota-onalar bola tugʻilganidan keyin alohida yaqinlikni his qiladi, va ushbu hislar kesarcha kesishdan keyin tiklanishda yordam berishi mumkin. Shunga qaramasdan, qorningizga nisbatan ehtiyot boʻlishini va qattiq quchoqlamasligini hamrohingizga eslatib qoʻyish zarur. Dorilarni zaruratga qarab qabul qiling. Shifokoringiz aynan sizga toʻgʻri keladigan narsani tavsiya qiladi. Ehtimol, tugʻruqdan keyin bir hafta mobaynida sizga retseptli ogʻriq qoldiruvchi vositalar kerak boʻlar, keyin esa retseptsiz preparatlarga oʻtish mumkin. Agar koʻkrak bilan emizayotgan boʻlsangiz, sizga tarkibida asetilsalitsil kislotasi boʻlgan aspirin yoki boshqa dori vositalarini qabul qilmaslik tavsiya etiladi. Koʻproq suv iching. U ichakdagi tutilishlarni bartaraf etishga yordam beradi. Ozuqa moddalari va kletchatkaga boy ovqatni isteʼmol qiling. Unga yangi mevalar va sabzavotlar kiradi. Ichak tulishi hosil boʻlishini va ogʻriqni bartaraf etishingizdan tashqari, siz organizmingizga tiklanishda yordam beradigan vitaminlar va minerallarni qabul qilishingiz kerak. Agar kesarcha kesish davridan keyin koʻkrak bilan emizayotgan boʻlsangiz, shuningdek, tarkibida ozuqa moddalari yuqori boʻlgan ovqatlarni isteʼmol qilishingiz muhim. Agar holatning yaqqolligi ogʻir boʻlmasa, retseptsiz dori vositalarini qabul qiling. Agar kletchatka tarkibi yuqori boʻlgan mahsulotlar va koʻp miqdordagi suv holatingizni yengillashtirishga qodir boʻlmasa, stulni yumshatish uchun shifokor sizga yengil ichni boʻshashtiruvchi yoki stulni yumshatuvchi vositani taklif qilishi mumkin. Odatda, kesarcha kesishdan keyin 8 hafta davomida ayollar oʻzlarini meʼyordagidek his qilishadi. Agar tiklanish jarayoni biroz koʻproq vaqtni olsa, xavotir olmang. Kesarcha kesishdan keyin tiklanish vaqti barcha holatlarda farq qiladi. Biroq, agar siz kesarcha kesishdan keyin sizning tiklanishingiz koʻproq vaqtni olayotganini yoki nimadir notoʻgʻri kechayotganini sezsangiz, shifokorga murojaat qiling.
Kesarcha kesishdan soʻng tiklanish
DO`STLARGA ULASHING:
Kesarcha kesishdan soʻng tiklanish
Gap kesarcha kesish haqida ketganida vaziyatlar va har bir ayol oʻziga xos hisoblanadi.Agar siz uydagi tegishli sharoitlarda yoki tugʻruqxonada tabiiy tarzda tugʻishni juda istagan boʻlsangiz, unda kesarcha kesish xafa boʻlishingizning sababi boʻlib qolishi mumkin. Siz oʻzingizni aldangandek yoki umidsiz his qilishingiz mumkin.
Bu jismoniy nuqtai nazardan tiklanishga taʼsir koʻrsatmasa ham, siz sababi shoshilinch kesarcha kesish boʻlgan jarohatdan emotsional tuzalishingiz uchun biroz vaqt talab etilishi mumkin. Hattoki rejalashtirilgan kesarcha kesish oʻtkazilgan ayollar ham keyinchalik oʻzlarini tushkun his qilishlari mumkin. Boshqa tarafdan, ayrim ayollar favqulodda vaziyatni ham, qandaydir boshqa vaziyatlarni ham hotirjam qabul qiladi.
Baxtimizga, kichkintoy,tugʻilishi sababli eyforiya, hamda uni parvarishlash, odatda yosh onaga har qanday xavotir yoki jarohatlardan chalgʻishga yordam beradi. Shunga qaramasdan, ayrim ayollar kesarcha kesishdan keyin emotsional fonni tiklash uchun yordam soʻrab murojaat qiladi. Shuning uchun, agar bu sizga haqiqatan ham zarur boʻlsa, maslahat soʻrashga uyalmang.
Albatta, kesarcha kesishdan keyin shuningdek ahamiyatli jismoniy jihatlar ham mavjud. Axir bu jarrohlik aralashuvi-ku! Har bir homilador ayol nimalar sodir boʻlayotganini bilishi kerak, chunki xavflar past boʻlib, homiladorlik meʼyorda kechganida ham tezda jarrohlik xonasiga yuborishni talab etadigan asoratlarning rivojlanish ehtimoli mavjud boʻladi.
Kesarcha kesishdan keyin dastlabki 24 soat
Choklar qoʻyilgandan keyin sizni jarrohlik xonasidan jarrohlikdan keyingi kuzatuv xonasiga oʻtkazishadi, u yerda siz barchasi joyida ekanligiga ishonch hosil qilish uchun bir necha soat davomida boʻlasiz. Favqulodda vaziyatlar paydo boʻlgan holatlardan tashqari bolangiz yoningizda boʻladi. Hamrohingiz ham oʻsha yerda boʻlishi mumkin.
Tugʻruqdan keyin 24 soat mobaynida sizdan turib, yurishingizni soʻrashadi. Batartib harakatlar kesarcha kesishdan keyin sizga tiklanishga yordam berib, ichakdagi tutilishlar, hamda tromblar hosil boʻlishi ehtimolini bartaraf etishi mumkin. Shunga qaramasdan, yotoqdan oʻzingiz turishga xarakat qilmang. Epidural yoki umumiy anesteziya yuborilganidan keyin siz, ehtimol, oyoqlarning uvishishini sezasiz. Bundan tashqari, siz muvozanatni yoʻqotib, «mastlik» holatini his qilishingiz mumkin. Sizga «mobillik» qaytishini kutish jarayonida oyoqlarning barmoqlarini harakat qilib, tovonlarni yonga va biroz oyoqlarni harakat qilib koʻring. Bu qon aylanishiga yordam beradi.
Harakatlar qilish imkoniyati sizga kesarcha kesishdan keyin tiklanish jarayonini tezlashtirishga yordam beradi. Biroq, quyidagi tavsiyalarga rioya qilish lozim:
Hamrohingiz yoki hamshira sizga yordam koʻrsatishi zarur
Kesish joyiga yostiq qoʻyib, uning nuqtasida qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash zarur
Oldinga engashmaslikka va bukilmaslikka harakat qiling. Buning oʻrniga toʻgʻriga qarab, pastga karamaslik kerak
Stul yoki tokcha kabi obʼektlarga diqqatni jamlash lozim
Kesish nuqtasida infeksiyalar belgilarini aniqlash maqsadida kesarcha kesishdan keyin bir necha kun davomida sizni sinchkovlik bilan kuzatib borishadi. Hamshiralar shuningdek, sizning ishtahangizni, qancha suyuqlik isteʼmol qilishingizni, hamda qovuq va ichaklarni ishlashini kuzatib boradi.
Kesarcha kesishdan 24-72 soat oʻtgandan soʻng
Jarrohlikning ikkinchi kunida hamrohingiz yoki hamshiradan yordam soʻrab hech boʻlmaganda ikki marta sayr qilishingiz lozim. Sayrga ogʻriq oʻtib ketgandan keyin chiqqan yazshiroq, chunki oʻzingizni yaxshiroq his qilasiz va koʻproq ehtimol bilan sayrdan zavq olasiz.
Kesarcha kesishdan soʻng tiklanish
Ehtimol, siz uyga qaytishdan hursanddirsiz, u yerda tanish va qulay sharoitda chaqalogʻingiz bilan zavq olib muloqot qilasiz.
Tinchlaning. Siz yaxshilab dam olishingiz kerak va siz uxlab qolayotganingiz, istaganingizcha «divanda yotaverganingiz» uchun oʻzingiz aybdor his qilmasligingiz kerak. Siz va bolangiz uchun kerak boʻlgan barcha narsalarni olishga yaqin boʻlgan joyda saqlashingiz lozim. Agar dastlabki bir necha haftalarda «haddan tashqari» ishlasangiz, organizmingizning tiklanish jarayoni sekinlashadi.
Infeksiya va boshqa asoratlarni yuqtirmaslikni kuzatib yuring. Agar sizda infeksiya yoki bezgakning qandaydir alomatlari, jumladan, quyidagilar boʻlsa darhol shifokor bilan bogʻlaning:
38ºC dan yuqori harrorat
Qorinda kuchli ogʻriq
Ogʻriqni toʻsatdan kuchayishi yoki boshlanishi
Kesim sohasida qizarish, bezovtalanish, shishish yoki ajralmalar
Bitta yoki ikkala sut bezlarida ogʻriq bilan kechuvchi, grippga oʻxshash simptomlar
Eshakemi4 kun davomida yorqin-qizil rangli boʻlib qolayotgan vaginal ajralmalar (ular pushti boʻlib, keyin sargʻish-oq boʻlishi kerak)
Qindan yoqimsiz hidli ajralmalar
Siyish paytida achishish hissi
Siydakda qon
Maksimal hajmdagi prokladkani 1 soat mobaynida toʻldiradigan oʻta kuchli qon ketishi
Qonning yirik quyqumlarini chiqishi
Oyoqlardagi qizargan yoki ogʻriydigan sohalar
Agar siz dam olmayotgan boʻlsangiz, koʻproq harakat qiling . Turib, yurishga urinib koʻring, chunki bu tromblar kabi asoratlarni bartaraf etishga va yaralarni bitishiga yordam beradi. Keskin harakatlar qilmang va ortiqcha kuch ishlatmang. Faollikni asta-sekinlik bilan oshirishi lozim. 6-8 hafta mobaynida siz yengil jismoniy mashqlarni bajarishni boshlashingiz kerak, lekin avval shifokoringizdan ruxsat olishingiz kerak.
huggies.uz
Kesarcha kesishdan soʻng tiklanish