KERTESh

KERTESh

KERTESh Imre (1929, Budapesht) — venger yozuvchisi. Ijodini 1953-y. da tarjimonlikdan boshlagan, ocherklar yozgan. Dastlabki yirik asari boʻlgan «Taqdirsiz odam» (1975) romani Kerteshga shuhrat keltirdi. Shundan soʻng «Angliya bayrogʻi» (1991), «Izquvar» (1977) romanlarini yaratdi. «Tugʻilmagan bolaga aza» (1990) qissasida asar qahramoni un-t professori boʻlgan doʻstiga oʻzini baxtsiz hayoti haqida hikoya kidali. Kertesh 2-jahon urushi yillarida otasi bilan Aushvis, Buxendvald konslagerlariga tushib, tirik qolgan. Yozuvchining asosiy asarlari hayotining ana shu fojiali davri haqidadir. U oʻz ijodida ommaviy ezish tizimiga shaxsning qarshi turishi mavzusini yoritgan. Kertesh adabiyotdagi «guvohlik adabiyoti» deb nomlangan yangi oqimning asoschisi sanaladi. Nobel mukofoti laureati (2002).

Ensiklopediya.uz
KERTESh