KERCH YARIM OROLI

KERCH YARIM OROLI

KERCH YARIM OROLI — Krim ya. o. ning sharqiy qismi. Shim. da Azov dengizi, sharqda Kerch boʻgʻozi, jan. da Qora dengiz bilan oʻralgan. Gʻarbda eni 17 km li boʻyin bilan Qrim ya. o. ga tutashgan. Mayd. qariyb 3 ming km2. Shim.-sharqiy qismi ohaktosh, gil va qumtoshlardan tuzilgan tepalik (bal. 190 m gacha). Balchiqli vulkanlar koʻp. Jan.-gʻarbiy qismi tekislik boʻlib, asosan, uchlamchi davr gillaridan tarkib topgan. Kashtan tuproklar tarqalgan. Iqlimi quruk. dasht iqlimi. Yillik yogʻin 500 mm. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —1,5°, iyulniki 23,5°. K. ya. o. da Kerch temir ruda havzasi joylashgan.

Ensiklopediya.uz
KERCH YARIM OROLI