KERBOBOYEV Berdi Murodovich
KERBOBOYEV Berdi Murodovich [1894.3(15).3, Tajan tumani QavqiZarang qishlogʻi — 1974.5.3, Ashxobod] — Turkmaniston xalq yozuvchisi (1967), zamonaviy turkman adabiyoti asoschilaridan. Turkmaniston FA akad. (1951). Buxorodagi madrasada tahsil olgan, Leningrad un-ti sharq f-tida oʻqigan (1927-28). Ilk hajviy sheʼrlari 1925-y. da «Turkmaniston» gaz. va «Tokmak» («Toʻqmoq») jur. da bosilgan. Dastlabki dostonlari («Yangi turmushga», 1928; «Amudaryo», 1931), hikoya va ocherklari («Maral», 1937), qissalari («Bayram», 1934; «Botir», 1935) va dramatik asarlari («Hurliqo va Hamro», 1940 va b.) turkman adabiyoti taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatgan. «Qurbon Durdi» qissasi (1942), «Oylar» dostoni (1943), «Vatanga muhabbat» (1941), «Qardoshlar» (1943) kabi sahna asarlarida 2-jahon urushida bosqinchilarga qarshi kurash va turkman xalqining mamlakat ichkarisidagi mehnati aks etgan. «Dadil qadam» (1—3-kitoblar, 1940—55) da turkman xalqining oʻtmishi, hayoti, kurashi, ruhiy kechinmalari tasvirlangan. «Oysulton» qissasi (1949) turkman paxtakorlariga bagʻishlangan, «Nebitdogʻ» romani (1957) neftchilar faoliyati va hayoti haqida.
Ensiklopediya.uz
KERBOBOYEV Berdi Murodovich