«Kepler» kosmik teleskopi ishdan chiqdi
«Kepler» kosmik teleskopi ishdan chiqdi
Econimic Timesning ma’lumot berishicha NASA tomonidan ochiq koinotga chiqarilgan «Kepler» kosmik teleskopi ishdan chiqqan. Mazkur teleskopning kosmik missiyasidan asosiy ko‘zlangan maqsad — Quyosh tizimidan tashqarida, Yer turkumidagi va hayot mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan ekzosayyorlarni qidirib topish hisoblanadi. «Muammo kosmik teleskopning mustaqil ravishda» xavfsiz ish rejimiga o‘tganligidan aniqlanib, teleskop avtomatik boshqaruv tizimi algoritmlarida ko‘zda tutilgan bunday ish rejimi, odatda uning tashqi konstruktsiyasi yoki harakat mexanizmlarida biror jiddiy muammo kelib chiqsa faollashadi. Nosozlik kutilmagan hol bo‘ldi deyish qiyin. Bu kabi vaziyatlar avval ham ro‘y bergan edi. Lekin bu safargisi ancha jiddiy bo‘lib, «Kepler»ning olamshumul missiyasini so‘roq ostiga qo‘ymoqda.
Agar muhandislar uni qaytadan me’yoriy ish rejimiga faollashtira olishmasa, «Kepler» uchun ajratilgan 600 milliom dollar mablag‘ koinotga sovurilgan bo‘ladi deb baholashmoqda.» Lekin hozircha kosmik» agentlik» o‘z loyihasining barbod bo‘lganini tan olayotgani yo‘q. teleskop o‘zining shu vaqtgacha bo‘lgan faoliyati davomida o‘nlab sayyorlarni aniqlab ulgurdi. Ammo ulardan faqat bir nechasigina hayot mavjud bo‘lishi uchun yaroqli bo‘lishi mumkin. NASAning yetakchi mutaxassislaridan biri Jon Gransfeldning so‘zlariga ko‘ra «Kepler» borasida umidsizlikka tushishga hali ancha erta.
«Kepler» 40 million milya (≈64 373000 kilometr) masofada quyosh atrofida aylanadi va shu tufayli unga astronavtlani yuborib ta’mirlash ishlarini olib borishning imkoni yo‘q.
NASAdagi ma’lumotlarga ko‘ra teleskop, koinot bo‘ylab kuztuv yo‘nalishini nazorat qiladigan to‘rtta g‘ildiraklarining biridan boshqaruvni yo‘qotgan. «Mutaxassislar g‘ildirakni bir necha marta qayta ishga tushirishga urinib ko‘rishdi. Ammo har safargi urinishlar muvaffaqiyatsizlikka uchrayvedi. Hzoirgi vaqtda teleskop xavfsizlik ish rejimida ishlashda davom etmoqda. Endilikda muhandislar g‘ildirakni tiklashga yoki boshqa bir muqobil texnik yechim topishga urinib ko‘radilar.» Agar bu muammolar hal qilinmasa, NASA rahbarlari «Kepler»dan boshqa maqsadlarda, masalan asteroidlarni kuzatishda foydalanish niyatida deb habar bermoqda NASA Watch internet nashri.» Nashr shuningdek loyiha ilmiy rahbari Charlz Sobekdan iqtibos keltirarkan, quyidagilarni bayon qildi: «Hozircha biz hech narsa qila olmaymiz. Bizda yetarlicha to‘liq ma’lumotlar mavjud emas».
Ushbu astronomik yo‘ldosh « teleskop 2009 yilda uchirilgan edi. Uning missiyasi — Yer turkumidagi sayyorlarni qidirib topish. U juda ulkan potentsialga ega bo‘lib, nafaqat sayyoralar, balki ularning tabiiy yo‘ldoshlarini ham kuzatish inkoniyatiga ega. Texnik nosozliklar 2010 yildayoq boshlangan bo‘lib, o‘shanda bir necha fotosezgir modullar ishdan chiqqan edi. Bu nosozlik teleskopning kuzatuv maydonini tahminan 5% ga qisqarishiga sabab bo‘lgan. g‘ildiraklar (maxovik dvigatellar) bilan bog‘liq birinchi nosozlik 2012 yilning yozida sodir bo‘lib, ulardan biri ishlashdan to‘xtab qolgandi. Lekin qolga uchta g‘ildirak bilan ham teleskop o‘z funksiyalarini to‘la bajarishda davom etayotgan edi.
Olimlarning ta’kidlashicha, «Kepler» teleskopining missiyasining ahamiyati bebaho ekan. Chunki u olimlarning galaktika haqidagi tasavvurlarini butunlay qayta ko‘rib chiqishga bajbur qilgan kashfiyotlarga sabab bo‘ldi. «Kepler» Galaktigada kezib yurgan, kattaligi Oy o‘lchamlarida bo‘lgan sayyoralardan tortib, Yupiterdan ham katta bo‘lgan gigantlarni ham aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. «Biz «Kepler»ni koinotga chiqarguncha bo‘lgan vaqtdagi tasavvurlarimizda Yer turkumidagi sayyoralar Galaktikamizda bu darajada ko‘p va keng tarqalganligini bilmas edik va xatto buni tasavvur ham qila olmasdik» — deydi NASAning Vashingtondagi shtab — kvartirasi yetakchi astrofizik mutaxassisi Pol Xerts.
Teleskop shu bugungacha 132 ta yer turkumidagi sayyorani aniqladi. Shuningdek «Kepler» teleskopi 2700 dan ortiq sondagi, sirtida hayot mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa sayyoralarni ham kashf etdi. Dastlabki rejalarga ko‘ra «Kepler»ning fazoviy missiyasi 2013 yilda yakunlanishi kerak edi va uni teleskop to‘liq hajmda bajarib bo‘lgan. Lekin o‘tgan yili NASA rahbariyati uning ishini 2016 yilgacha uzaytirishga qaror qilib, qo‘shimcha ravishda yillik 20 million dollar miqdorida moliyalashtirshga qaror qilgan edi.
Teleskopning qilgan eng muhim kashfiyotlaridan biri, Yerga aynan o‘xshaydigan va hayot uchun potentsial yaroqli bo‘lgan uchta sayyora — Kepler-62-f, Kepler-62-c, Kepler-62-e larning ochilishi bo‘ldi. Ular Lira yulduz turkumidagi yulduzlardan birining atrofida harakatlanib, o‘z xususiyatlariga ko‘ra Yerga juda o‘xshaydi. Bu sayyoralar Yerdan tahminan 1200 yorug‘lik yili masofasida joylashgan.
Olimlar bu sayyoralarda muzlagan ulkan okeanlar ko‘rinishidagi suv mavjud bo‘lishi mumikin deb hisoblashmoqda. Atmosfera mavjud bo‘lishi ham ehtimoli katta: sayyorlar sirtini bulutlar o‘rab turganligi kuzatildi. Bu sayyoralar xatto o‘zining tashqi kosmik ranggiga ko‘ra ham yerni eslatib yuboradi.
Hayot mavjud bo‘lishi uchun yaroqli bo‘lgan sayyoralar avval ham kashf etilgan bo‘lib, lekin olimlar qo‘ygan kriteriylarga ulardan birortasi ham bu darajada mos kelmagan edi. Aniqlangan sayyoralarning ko‘pchiligi esa asosan ulkan gaz gigantlari bo‘lib, «Kepler» oldiga qo‘ygan maqsadlarga muofiq kelmagan. Shu tufayli yangi ekzosayyoralarning kashf etilishi, oldinga tashlangan ulkan qadam bo‘lib hisoblanadi. «Katta to‘siqdan oshib o‘tildi» — deydi Garvardlik tadqiqotchi Devid Sharbone. Tadqiqotchilar o‘z kashfiyotlari borasida Science jurnalining 2013 yilgi sonlarida turkum maqolalar e’lon qilishdi: ularning so‘zlariga qaraganda, sayyorlalardan biridagi harorat «xuddi Gavayidegidek issiq» va boshqasida «Alyaskadagidek sovuq» ekan. «Kepler» ochgan boshqa sayyoralar esa xatto mikroblar ko‘rinishidagi hayot shakli mavjud bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan shartlarga ham mos kelmas ekan. Demak, inson yashashi uchun esa mutlaqo yaroqsiz.
Yerdagi teleskoplar bilan ham bunday sayyoralarni kashf etish va kuzatib boorish mumkin. Lekin bu borada «Kepler» ancha ilg‘or hisoblanadi. U bunday olamshumul maqsadga yo‘naltirilgan ilki fazoviy missiyadir.
So‘nggi 4 yil davomida «Kepler» asosan koinotning Somon Yo‘li galaktkasi joylashgan qismini kuzatib bordi. Fazoning bu qismida yorug‘lik va ravshanlikninig tebranishlari muttasil kuzatilmoqda. Bu esa sayyoralarni yulduzlar oldidan o‘tib borishidan yuzaga keladigan jarayondir. Somon Yo‘lining «Kepler» kuzatgan qismlarida 150000 mingdan ortiqroq yulduzlar mavjud.
Sobekning so‘zlariga qaraganda, agar «Kepler»ning kuni bitgan bo‘lsa ham, olimlarga u yetkazgan ma’lumotlar bilan hali uzoq ishlashga to‘g‘ri keladi. Chunki «Kepler» yuborgan qimmatli axborotlarning o‘rganilmagan qismi hali juda katta hajmlarda tahlanib yotibdi. «O‘ylashimncha, eng qiziqarli va olamshumul kashfiyotlar yaqin ikki yil ichida sodir bo‘lishi kerak. Missiya hali yakunlanganicha yo‘q» — NASAning deydi yetakchi mutaxassislaridan biri Uilyam Borutski. Gap shundaki, shu paytgacha yig‘ilgan ma’lumotlarning o‘zini tahlil qilish uchun ham yana shuncha vaqt zarur bo‘ladi.
Vashingtondagi Karnegi instituti hodimi Alan Boss mazkur hodisa yuzasidan fikr bildirar ekan, «bu mening hayotimdagi eng qayg‘uli kunlardan biri bo‘ldi. «Kepler» endilikda mayib bo‘lib qoldi, u turli boshqa yumushlarni bajara olsa ham, o‘zining asosiy ko‘zlagan maqsadini amallay olmay qoldi» deb afsuslanib o‘tdi.
Maqola so‘ngida mavzu yuzasidan yana shuni ma’lum qilish joizki, NASA 2017 yilga kelib yangi kosmik missiya — Sayyoralararo Tranzit Tadqiqot Yo‘ldoshi (TESS — Transiting Exoplanet Survey Satellite) ni ochiq koinotga chiqarmoqchi. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad esa Yerga yaqin masofadagi yulduzlar atrofidan ekzosayyoralarni qidirish va tadqiq qilishdir.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Feysbukda: https://www.facebook.com/Orbita.Uz/
Tvitterda: @OrbitaUz
Maqolalar
«Kepler» kosmik teleskopi ishdan chiqdi
Manba:orbita.uz