KENGAYTIRILGAN TAKROR ISHLAB CHIQARISH

KENGAYTIRILGAN TAKROR ISHLAB CHIQARISH

KENGAYTIRILGAN TAKROR ISHLAB CHIQARISHishlab chiqarish jarayonining doimo kengaytirilgan hajmida yangidan boshlanib, takrorlanib turishi. Aholining koʻpayib borishi, individual isteʼmolning ortib borishi, ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojning toʻxtovsiz oʻsishi Kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni zaruriy shart qilib qoʻyadi. Bu esa ehtiyojni qondirishning asosiy usuli boʻlgan i. ch. ning kengaygan holda takrorlanishini taqozo etadi. Oddiy takror i. ch. — i. ch. jarayonining ilgarigi hajmlarda bir meʼyorda takrorlanishi oʻsib borayotgan ehtiyojlarni qondira olmaydi. Shu sababli rivojlangan iqtisodiyotga Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish xosdir. Farovon hayot YAMMni tobora koʻproq yaratish va uning samarali ishlatilishini talab etadi.

Ensiklopediya.uz
KENGAYTIRILGAN TAKROR ISHLAB CHIQARISH