KENESARIN Natay Azimxonovich

KENESARIN Natay Azimxonovich

KENESARIN Natay Azimxonovich (1908, Chayon qishlogʻi, hoz. QozogʻistonningJan. Qozogʻiston viloyati — 1975, 16. 4, Toshkent) — geolog olim. Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1962), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan geolog (1967), geol.-mineralogiya fanlari dri (1958), prof. (1955), Oʻrta Osiyo industriya in-tini tugatgan, (1935). Qozogʻiston FAning gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi boʻlimi boshligʻi (1944-y. dan). Toshkent qishloq xoʻjaligi in-tida prof. (1951—56). Oʻzbekiston FA Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi in-tida direktor oʻrinbosari (1960-y. dan), shu in-t direktori (1962—64). Toshkent irrigatsiya va q. x. ni mexanizatsiyalash muhandislari in-tida kafedra mudiri (1969—75). Kenesarinning ilmiy ishlari gidrogeologiya va muhandislik geol. siga bagʻishlangan.

Ensiklopediya.uz
KENESARIN Natay Azimxonovich