KEMBRIY TOGʻLARI
KEMBRIY TOGʻLARI, Uels togʻl a r i — Buyuk Britaniyadagi togʻlar, Uels ya. o. da. Uz. 150 km. Koʻp qismining bal. 500—700, eng bal. joyi 1085 m (Snoudon togʻi). Togʻ-muz relyefli alohida marza doʻngliklar koʻtarilib qolgan qator yassitogʻlardan iborat. Asosan, vulkan jinslaridan, shuningdek, slanes, ohaktosh, qumtoshlardan tarkib topgan. Daryo va koʻl koʻp. 400 — 600 m balandlikkacha keng bargli oʻrmonlar, oʻtloqlar, balandroqda torf va vereskzorlar bor. Toshkoʻmir, polimetall rudasi konlari topilgan. Kembriy sistemasi (davri)ga oid choʻkindi jinslar va qazilma organizmlar dastlab Kembriy togʻlarida oʻrganilgan. Rezervatlar tashkil etilgan.
Ensiklopediya.uz
KEMBRIY TOGʻLARI