KEMBRIY SISTEMASI

KEMBRIY SISTEMASI

KEMBRIY SISTEMASI (DAVRI), kembriy (Cambria — Uelsning lot. nomi) — Yerning geologik tarixidagi paleozoy eratemasining birinchi davri. Stratigrafik shkalada paleozoy eratemasining ordovik va yuqori proterozoyning vend sistemasi oraligʻida joylashgan boʻlib, fanerozoy eonotemasining quyi paleozoy eratemasiga mansub. Radiologik xronometriya maʼlumotlariga koʻra, kembriyning quyi chegarasi 570 mln. yil, yuqorisi 510 (490) mln. yil qilib belgilangan.

Ensiklopediya.uz
KEMBRIY SISTEMASI