KELIN SALOM
KELIN SALOM — nikoh toʻyi marosimlaridan. Kelin salom turkiy va b. xalqlarda turli shakllarda uchraydi. Kelin tushgan kunning ertasiga ertalab kuyovning ota-onasi va yaqinlariga hurmat yuzasidan oʻtkaziladi. Mahallaning dasturxonchisi yoki Kelin salomni boshqaruvchi kelinni yasantirib, yuziga parda yopgan holda hovliga olib chiqadi, qiziq gaplar, hikmatli soʻzlar, baytlar bilan kelin yoniga keluvchilarga murojaat qilgan. Kelin jim turgancha gap kimga qaratilgan boʻlsa, oʻshanga qarab taʼzim qilgan. Baland ovoz bilan birinchi boʻlib, qaynota, soʻng qaynona nomini aytib Kelin salom deydi. Kelin salom kuyov ota-onasidan boshlanib, oiladagi eng kichik bolalargacha, qoʻniqoʻshnilarga ham bagʻishlangan.
Ensiklopediya.uz
KELIN SALOM