KELIMANE
KELIMANE — Mozambikning sharqiy qismidagi shahar. Zambeziya provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 153,1 ming kishi (1997). Hind okeanining Mozambik qoʻltigʻi sohilidagi port (chetga shakarqand, paxta, kopra, tamaki, choy chiqariladi). T. y. stansiyasi. Aeroport bor. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, yogʻochsozlik va metallsozlik korxonalari mavjud. Vasko da Gama ekspeditsiyasi tomonidan 1498-y. da hoz. Kelimane oʻrnida fort qurilgan (1761-y. dan shahar maqomini olgan). 18—19-a. larda Kelimane qul savdosi markazlaridan biri boʻlgan.
Ensiklopediya.uz
KELIMANE