KELDI MUHAMMAD

KELDI MUHAMMAD

KELDI MUHAMMAD, Sulton Muhammad (? — 1532/33) — shayboniylardan. Shohruhiya sh. va viloyat (hokimitaxm. 1517y. dan). Otasi Suyunchxoʻjaxon vafot etgach, Toshkent sh. va viloyat hokimi. Shayboniyxon davrida tarxonlikka koʻtarilgan. Shayboniylarning Shim. ga qilgan harbiy yurishlarida qatnashgan, natijada Sirdaryo boʻyidagi bir qancha mulklarni qoʻlga kiritgan. Shayboniy sultonlarning Xurosonga yurishi payti (1528—29)da Marvni egallagan.

Ensiklopediya.uz
KELDI MUHAMMAD