KELDI MUHAMMAD haqida to’liq ma’lumot oling

KELDI MUHAMMAD haqida to’liq ma’lumot oling

KELDI MUHAMMAD, Sulton Muhammad (? — 1532/33) — shayboniylardan. Shohruhiya sh. va viloyat (hokimitaxm. 1517y. dan). Otasi Suyunchxoʻjaxon vafot etgach, Toshkent sh. va viloyat hokimi. Shayboniyxon davrida tarxonlikka koʻtarilgan. Shayboniylarning Shim. ga qilgan harbiy yurishlarida qatnashgan, natijada Sirdaryo boʻyidagi bir qancha mulklarni qoʻlga kiritgan. Shayboniy sultonlarning Xurosonga yurishi payti (1528—29)da Marvni egallagan.

Keldi Muhammad sheʼriyat, ilm-fanga qiziqqan. Saroyida adabiy bahslar uyushtirgan. Zamonasining yetuk adiblari bilan suhbat qurishni yoqtirgan, xususan, 1518-y. u mashhur adib Zayniddin Vosifiyni Samarqanddan oʻz huzuriga (Shohruhiyaga) chaqirtirib olgan. Keldi Muhammadning topshirigʻi b-n saroy tarixchisi Abdulloh Nasrullohiy «Zubdat ul-osor» asarini yozgan.

Ad.: Vosifiy Zayniddin, Batsoeʼ ul-vaqoeʼ (Nodir voqealar), [tarjimon N. Norqulov], T., 1979; Axmedov B. A., Istoriko-geograficheskaya literatura Sredney Azii XVI—XVIII vv.,] Pismennыye pamyatniki], T., 1985.

Malumotlar
KELDI MUHAMMAD