KAYMANSIMON TOSHBAQALAR
KAYMANSIMON TOSHBAQALAR (Chelydridae) — toshbaqalar oilasi. Qorin kosasi kichkina, but shaklida, orqa kosasi katta, kam bukilgan, jagʻlari baquvvat, oyogʻi kuchli, panjalar orasi parda bilan qoplangan, dumi tanasining yarmiga teng. Kaymansimon toshbaqalarning 2 urugʻi, har bir urugʻida 1 tadan turi bor. Yirtqich. Vakillaridan biri tishlogʻich toshbaqa , uz. 90 sm cha (kosasi 40 sm), vazni 20 kg cha. Amerikadagi daryo, koʻl va botqoqlarda uchraydi. Qumoy toshbaqa chuchuk suv toshbaqalari orasida eng yirigi: boʻyi 140 sm cha (kosasi 40 sm cha), vazni 60 kg cha. Asosan, baliqlar bilan oziklanadi. OvlanadiKAYNOZOY, k a y n o z o y eratemasi (erasi) (yun. Kainos — yangi va zoe — hayot) — Yer poʻsti qatlamlari stratigrafik shkalasining eng yosh eratemasi (guruhi), hoz. davrni ham oʻz ichiga oladi (q. Geoxronologiya). K. nomi 1841-y. da ingliz geologi J. Fillips tomonidan kiritilgan. Kaymansimon toshbaqalar bundan 66 mln. yil muqaddam boshlangan deb taxmin qilinadi. Paleogen, neogen va toʻrtlamchi (antropogen) sistema (davr)lariga boʻlinadi. Qitʼa va okeanlarning, umuman, yer sathining hoz. qiyofasi, oʻsimlik va hayvonot dunyosining shakllanishi, insonning paydo boʻlishi Kaymansimon toshbaqalar bilan bogʻliq.
Ensiklopediya.uz
KAYMANSIMON TOSHBAQALAR