KAUSTOBIOLITLAR
KAUSTOBIOLITLAR (yun. kaustos – yonuvchi, bio… va lithos — tosh) — organik moddalardan hosil boʻlgan yonuvchi foydali qazilmalar. Geologik-geokimyoviy omillar taʼsirida oʻsimlik, hayvonot organizmlarining qayta oʻzgarishidan vujudga keladi. 2 guruhga: koʻmir (torf, qazilma koʻmir, yonuvchi slaneslar) va neft va naftoid (neft, asfalt va b.) ga boʻlinadi. Kaustobiolitlar terminini fanga nemis olimi G. Potonye kiritgan (1888) va ularni sapropelit, gumit valiptobiolitlarga boʻlishni taklif etgan. Kaustobiolitlar ningaralash tiplari (saprogumitlar, litisapropelit va b.) ham uchrab turadi. Oʻzbekiston jan. va gʻarbida, Ohangaron vodiysi va b. regionlarda mavjud.
Ensiklopediya.uz
KAUSTOBIOLITLAR