KATTASOY
KATTASOY (boshlanishida Oqsuv, oʻrta oqimida Kengkoʻlsoy deb ham ataladi) — Tojikistondagi soy. Sirdaryoning chap irmogʻi. Uz. 58 km, havzasining mayd. 631 km2. Oqsoy dovonidan 1,5 km jan.-sharqdan boshlanadi. Kattasoyga Koʻktepa, Koʻrganoq togʻlarining shim. yon bagʻirlaridan oqib tushadigan 15 ta irmoq kelib qoʻshiladi. Shim.-sharqiy yoʻnalishda oqadi, Sirdaryogacha yetib bormaydi, Qushkent qishlogʻidan 5 km jan.sharqda qurib qoladi. Kattasoy qor, yomgʻir va yer osti suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 1,88 m3/sek. Toʻlinsuv davri apr. —avg. oylariga toʻgʻri keladi. Kattasoyda Kattasoy suv ombori qurilgan. Kattasoy suvi bilan Jizzax viloyati Zomin tumanining Tojikiston bilan chegaradosh yerlari ham sugʻoriladi.
Ensiklopediya.uz
KATTASOY