KATTA SUVAYIRGʻICH TIZMA

KATTA SUVAYIRGʻICH TIZMA

KATTA SUVAYIRGʻICH TIZMA — Avstraliyaning sharqiy va jan.-sharqiy sohili boʻylab 4 ming km ga choʻzilgan togʻ tizmasi. Katta suvayirgʻich tizma neogen-antropogenda koʻtarilgan. Togʻlar, asosan, paleozoy, qisman, mezozoy jinslaridan tuzilgan. Tizmaning markaziy qismida neft va gaz konlari, gʻarbiy yon bagʻrida qalay, polimetall rudalari, oltin, mis, Nyukasl va Vullongong sh. lari atrofida yirik toshkoʻmir konlari topilgan. Katta suvayirgʻich tizmaning 28° j. k. dan shim. dagi qismining kengligi 650 km ga yetadi, oʻrtacha bal. 1000 m. 28° j. k. dan jan. da Katta suvayirgʻich tizma st. ayrim tizmalardan iborat. Avstraliya Alp toglarining choʻqqilari (Kossyushko togʻi, 2230 m va b.) Avstraliyadagi eng baland choʻqqilardir.

Ensiklopediya.uz
KATTA SUVAYIRGʻICH TIZMA