KATTA SOVET ENSIKLOPEDIYASI

KATTA SOVET ENSIKLOPEDIYASI

KATTA SOVET ENSIKLOPEDIYASI (Bolshaya Sovetskaya Ensiklopediya, BSE) — SSSRda chiqarilgan universal ensiklopedik nashr, jahondagi yirik ensiklopediyalardan biri. Moskvadagi «Sovetskaya ensiklopediya» («Sovet ensiklopediyasi») nashriyoti tomonidan rus tilida nashr etilgan. 1-nashri 1926—47 y. larda chiqqan; 65 asosiy jild va alohida SSSR jildidan iborat; 65 ming maqolani oʻz ichiga oladi, adadi 50 — 80 ming; bosh muharriri — O. Yu. Shmidt (1941-y. gacha). 2-nashri 1950— 58 y. larda chiqqan, 50 asosiy jild va 51-qoʻshimcha jilddan iborat; 100 mingga yaqin maqolasi bor, adadi 250—300 ming; 2 jildli alfavitli koʻrsatkichi chiqqan (1960); bosh muharriri — S. I. Vavilov (1951-y. gacha), B. A. Vvedenskiy (1951-y. dan). 3-nashri 1969—78-y. larda chiqqan, 30 jilddan iborat; 100 mingdan ortiq maqolani qamragan, adadi 630 ming; 1 jildli koʻrsatkichi bor (1981); bosh muharriri — A. M. Proxorov (1969-y. dan).

Ensiklopediya.uz
KATTA SOVET ENSIKLOPEDIYASI