KATTA OʻZBEKISTON TRAKTI haqida to’liq ma’lumot oling

KATTA OʻZBEKISTON TRAKTI haqida to’liq ma’lumot oling

KATTA OʻZBEKISTON TRAKTI — Oʻzbekistondagi umumdavlat ahamiyatiga ega boʻlgan dastlabki eng yirik avtomobil yoʻli. Poytaxt Toshkentni mamlakatning eng jan. da joylashgan Termiz sh. bilan bogʻlaydi. Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari aholisining tashabbusini eʼtiborga olib hamda Mirzachoʻlda yangi yerlar oʻzlashtirib, paxtazorlarga ay-lantirilishi, Samarqand viloyatida paxta va don yetishtirishni koʻpaytirish, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining togʻli tumanlari bilan transport aloqasini yaxshilash maqsadida 1940-y. respublika hukumati uz. 724 km boʻlgan Katta Oʻzbekiston Traktini qurish toʻgʻrisida maxsus qaror qabul qilgan (trakt qurilishiga qadar shu yoʻnalishda oʻtgan karvon yoʻllari mil. av. 5-a. dan maʼlum boʻlgan. 19-a. ning2-yarmidan 1940-y. largacha «Uezd-pochta yoʻli» nomi bilan atalgan).

Katta Oʻzbekiston Trakti 1940—41-y. larda hashar usulida qurilgan, uni qurishda yoʻl boʻylab joylashgan 41 tuman mehnatkashlari qatnashgan. Trakt oʻz vaqtida respublikada eng yirik, shuningdek, eng shinam yoʻllardan biri boʻlib, Oʻzbekiston hududini shim. dan jan. ga kesib oʻtgan, 8 shahar va 6 yirik viloyatlar hududi orqali oʻtib, viloyatlar maʼmuriy markazlarini oʻzaro bogʻlagan, iqtisodiyotda muhim oʻrin tutgan.

1960—80 y. larda Oʻzbekistonda xalq xoʻjaligi va sanoatning rivojlanishi, transportga boʻlgan talabning oshishi, yoʻllarda harakat jadalligining keskin koʻpayishi natijasida koʻplab xalqaro va davlat ahamiyatiga ega boʻlgan avtomobil yoʻllari qurildi. Mavjud yoʻllar esa talab darajasida qayta taʼmirlanib, kengaytirilib, yangidan titul raqam berilib qaytadan nomlandi.

Hozir sobiq Katta Oʻzbekiston Trakti xalqaro ahamiyatli magistral avtomobil yoʻllarining ayrim qismlariga boʻlinib ketgan: M-34— «Toshkent-Dushanba» avtomagistralining Toshkentdan Xovosgacha qismi (160 km); A-376 — «Qoʻqon-KonibodomXoʻjand-Jizzax» avtomagistralining Xovosdan Jizzaxgacha qismi (90 km); M-39 — «Olmaota-Bishkek-ToshkentSamarqand-Termiz» (1475 km) avtomagistralining Jizzaxdan Termizgacha qismi (474 km). 90-y. lardan boshlab trakt yoʻnalishi xalqaro miqyosdagi magistral yoʻllarga aylandi, kengaytirilib, obodonlashtirildi, yoʻl boʻylarida koʻplab zamonaviy yonilgʻi quyish shoxobchalari, kemping-motellar, yoʻl-industriya korxonalari, chet ellar bilan hamkorlikda qoʻshma korxonalar barpo etildi.

Trakt chet mamlakatlar turistik tranzit aloqalarida ham muhim oʻrin tutadi. Yoʻldagi avtomobillarning kunlik qatnov jadalligi 10000—15000 avtomobilga teng. Tohirjon Mirzayev.

Malumotlar
KATTA OʻZBEKISTON TRAKTI