KATTA OʻRDA

KATTA OʻRDA

KATTA OʻRDA, Ulugʻ Oʻrda — Oltin Oʻrdatsan ajralib chiqqan tatarlar davlati (1433—1502). Shim. Qora dengizning shim. sohili va Quyi Volga boʻyi qududidan iborat boʻlgan. 1434—59 y. larda Toʻxtamishnnnt oʻgʻli Sayid Ahmad K. Oʻ. xoni boʻlgan. Katta Oʻrda tatarlarining asosiy mashgʻuloti sodda dehqonchilik b-n uygʻunlashib ketgan koʻchmanchi chorvachilik edi. Katta Oʻrda yaylovlari Volgadan Dneprgacha yoyilib ketgan. Katta Oʻrdada mangʻit amirlari katta siyosiy mavqeni egallashgan. Ahmad xonligi davrida (1459—81) Katta Oʻrda vaqtincha kuchaygan, u 1480-y. Rusni kaytadan moʻgullarga tobe etishga uringan. Rusga qilingan muvaffaqiyatsiz yurishdan soʻng, Rus davlati uzil-kesil moʻgʻullar istibdodidan xalos boʻlgan. 1486 — 91 y. larda Qrim xoni Mengli Garay Katta Oʻrdaga qattiq zarba bergan va 1502-y. da esa uni tugatgan.

Ensiklopediya.uz
KATTA OʻRDA