KATTA NAMANGAN KANALI

KATTA NAMANGAN KANALI

KATTA NAMANGAN KANALIsugʻorish inshooti. Namangan viloyati hududida Norin daryosidagi Uchqurgʻon GES toʻgʻoni hosil qilgan suv omboridan boshlanadi. Uz. 162 km, bosh qismida suv sarfi 61,8 m3/s. 1970—79 y. larda qurilgan (Namangan sh. gacha boʻlgan 54 km uzunlikdagi 1-navbati 1976-y. da bitkazilgan; 2-navbati Namangan sh. dan Tojikiston Respublikasi chegarasigacha davom etadi, uz. 108 km). Sirdaryoning oʻng sohilboʻyi togʻ oldi qismi boʻylab Pop sh. (Olmossoy)gacha yetib boradi. Kanal 47 ming ga (ilgaridan sugʻorilgan 19,2 ming ga, yangi ochilgan 27,8 ming ga) yerni sugʻoradi. Katta Namangan Kanali trassasi Shim. Fargʻona kanalidan 6—7 km masofada unga parallel holda oʻtadi. Kanal gidrometrik postlar, gidrotexnika inshootlari bilan jihozlangan.

Ensiklopediya.uz
KATTA NAMANGAN KANALI