KATSENOVICH
KATSENOVICH Rauf-Rafail Aleksandrovich (1920.7.9, Toshkent) — terapevt, kardiolog va fizioterapevt. Oʻzbekiston FA akad. (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968), tibbiyot fanlari d-ri (1964), prof. (1966). ToshTI ni tugatgan (1945). Bosh turkman kanali qurilishida 1-tibbiyot-sanitariya qismining boshligʻi (1951-53), Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirligi Salomatlikni tiklash va fizioterapiya i. t. in-tida ilmiy kotib (1953-58), direktor oʻrinbosari (1958—72), ayni vaqtda Toshkent vrachlar malakasini oshirish in-tida kafedra mudiri. 1972-y. dan ToshTI (1990-y. dan 2-ToshTI) gospital terapiya kafedrasi mudiri, Kardiologiya i. t. inti direktori (1976—97), 1997-y. dan yurakning ishemik kasalligi lab. mudiri. Katsenovich revmatizm, ovqat hazm qilish aʼzolari kasalliklari, yurakning ishemik kasalligi, gipertoniya kasalligini aniqlash va davolash usullari ustida ilmiy ish olib borgan. Kurortologiya, fizioterapiya va yurak-tomir sistemasi kasalliklariga oid asarlar muallifi.
Ensiklopediya.uz
KATSENOVICH