KATMANDU
KATMANDU — Nepal poytaxti. Mamlakatning iqtisodiy va madaniy markazi. Baghmati daryosi sohilida, 1360 m balandlikda joylashgan. Iklimi mussonli, tropik togʻ iklimi, iyulning oʻrtacha t-rasi 24,5°, yanv. niki 18,3°. Yillik yogʻin 1400 mm. Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Aholisi shahar atrofi b-n 420 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari).
Ensiklopediya.uz
KATMANDU