KATLA
KATLA — Islandiya jan. dagi harakatdagi vulkan. Bal. 970 m. Bazalt lavalaridan tuzilgan. Mirdalsyyokyudl muzligining jan.-sharqiy qismi b-n qoplangan. Muz ostidagi otilishlar muzning intensiv erishiga olib keladi va buning natijasida qoʻshni xududlarni suv bosadi. Oqim katta miqdorda piroklastik materiallarni oqizib chiqarib, zandrlar koʻrinishida Katla atrofiga yoyadi. 10-a. dan boshlab 14-marta kuchli otilishlar kuzatilgan, ulardan soʻnggilari 1918, 1934 va 1955-y. larda boʻlgan.
Ensiklopediya.uz
KATLA