KATIN
KATIN (Katin oʻrmoni) — Smolenskdan 14 km gʻarbda, Gnyozdovo t. y. stansiyasi atrofida joylashgan mavze. 1930-y. larda ommaviy qatagʻon qurbonlari — sovet fuqarolari koʻmilgan joy. 1940-y. bahorida NKVD organlari 1939-y. kuzida asir olinib Kozelsk lagerida saqlanayotgan 4 mingdan ziyod polyak ofitserlarini Katinga keltirib yoʻq kilganlar. 1989-y. K. da memorial yodgorlik oʻrnatilgan.
Ensiklopediya.uz
KATIN