KATAPULTA
KATAPULTA (lot. kata — yuqoridan pastga va pallo — – uloqtiraman, irgʻitaman) — 1)harbiy ishda — buralgan tolalar (soch, pay va b.) ning qayishqoqlik kuchi taʼsirida harakatga keltiriladigan uloqtirish mashinasi. Yunoniston va Rimda 5-a. oxirigacha, asosan, qoʻrgʻonlarni qamal qilishda, jang maydonlarida qoʻllanilgan. Katapulta tosh, gʻoʻlalarni, smola solib yondirilgan bochkalar va nayzalarni bir necha yuz metrga uloqtirgan. Oʻrta asrlarda Sharq mamlakatlari, shu jumladan, Oʻrta Osiyoda ham rasm boʻlgan. Uzbekistan hududida manjaniq va palaxmon deb atalgan;
Ensiklopediya.uz
KATAPULTA