KATALONLAR

KATALONLAR

KATALONLAR (oʻzlarini katalans deb atashadi) — Ispaniyadagi xalq. Asosan, Kataloniyada (7,5 mln. kishi), shuningdek, Fransiyada (250 mingga yaqin kishi). Italiyada (30 ming kishi), Amerikada (350 ming kishi) ham yashaydilar. Umumiy soni 8,16 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Katalan tilisya soʻzlashadilar. Yevropeoid irqiga mansub. Dindorlari — katoliklar.

Ensiklopediya.uz
KATALONLAR